11:09 / 13.11.2015
3598

Germaniya va Bolgariya kompaniyalari O‘zbekiston vino zavodlarining ulushini xarid qiladi

Germaniyaning Bever GmbH. I. G. va Bolgariyaning Vinogradez Vine House kompaniyalari O‘zbekistondagi 2ta vino zavodidan ulush xarid qiladi.

“O‘zvinosanoatxolding” kompaniyasi ma'lumotlariga qaraganda, bu boradagi hujjat Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro investitsion forum chog‘ida imzolandi.

Imzolangan o‘zaro tushunish to‘g‘risidagi memorandumlar “Shahrisabz vino aroq” AJ va “Xovrenko nomli Samarqand vino kombinati” AJning ulushlari chet ellik investorlarga sotilishini ko‘zda tutadi.

Top