08:44 / 13.11.2015
2251

Jokovich va Federer ATPning yakuniy turnirida bir guruhdan joy oldi

Londonda start olish arafasida turgan ATP`ning yakuniy turniriga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada dunyoning eng kuchli sakkiz nafar ham yakkalik, ham juftlikdagi raketka ustalari ishtirok etadi.

E'tiborga molik jihati shundaki, ilk guruh bosqichidayoq sayyoramizning birinchi va uchinchi raqamli tennischilari serbiyalik Novak Jokovich hamda shveysariyalik Rojyer Federer o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Har bir guruhdan ikki nafardan tennischi yarim finalga yo‘llanma oladi.

Turnir 15 noyabr kuni boshlanadi va 22 noyabrgacha davom etadi.

Sten Smit guruhi:

Novak Jokovich (Serbiya, 1)

Rojyer Federer (Shveytsariya, 3)

Tomas Berdix (Chexiya, 6)

Kei Nisikori (Yaponiya, 8)

Iliye Nastase guruhi:

Endi Marrey (Buyuk Britaniya, 2)

Sten Vavrinka (Shveytsariya, 4)

Rafael Nadal (Ispaniya, 5)

David Ferrer (Ispaniya, 7)

 

Shuningdek, juftliklar o‘rtasidagi turnirning guruh bosqichiga ham qur'a tashlandi.

Artur Esh va Sten Smit guruhi:

Bob Brayan / Mayk Brayan

Jyeymi Marrey / Jon Pirs

Simone Boleli / Fabio Fonini

Roxan Bopanna / Florin Mergea

Piter Fleming va Jon Makinroy guruhi

Jan-Jyulen Royyer / Xoria Tekeu

Ivan Dodig / Marselo Melo

Nikolya Mayu / Per-Ugo Erber

Martsin Matkovski / Nenad Zimonich

Top