19:26 / 13.11.2015
3685

Kiyevda "Jibhot an-Nusra" guruhi boshliqlaridan biri qo‘lga olindi

Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari Kiyev shahrida "Jibhot an-Nusra" guruhi boshliqlaridan birini qo‘lga olgan. Bu haqda UNIAN nashri xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, ushbu shaxsni ekstraditsiya qilish choralari ko‘rib chiqilmoqda.

"Prokuratura organlari ekstraditsiya jarayonini boshlashgan", deyiladi xabarda.

Xabarda terrorchi aynan qaysi mamlakatga ekstraditsiya qilinishiga aniqlik kiritilmagan.

Biroz oldinroq, Kiyev aeroportida IShIDga aloqadorligi gumon qilinib, Rossiya fuqarosi qo‘lga olingani xabar qilingandi.

Top