20:40 / 13.11.2015
9370

KUN.UZ dayjesti: 13 noyabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 13 noyabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Dunyoning eng qimmat olmosi 7 yoshli xitoylik qizcha uchun xarid qilingani ma'lum bo‘ldi>>

Gongkongda yashovchi 7 yoshli qizcha Jozefina Lou dunyoning eng qimmatbaho olmosi, 12 karatlik “Moviy oy” olmosiga egalik qilmoqda.

AQSh Milliy futbol ligasi o‘yinchisi politsiya itiga vovullagani uchun 7 yilga qamoqqa o‘tirishi mumkin>>

AQSh Milliy futbol ligasining (NFL) “Oklend Rayders” jamoasi o‘yinchisi Rey-Rey Armstrong politsiya itiga vovullagani uchun 7 yilga qamoqqa o‘tirishi mumkin.

Biologlar: Global isish tufayli akulalar ov qilish qobiliyatini yo‘qotishadi>>

Olimlarning aytishicha, dunyoda haroratning ko‘tarilishi va okeanlarda suvlarning isishi tufayli akulalarning ov qilishi qiyinlashmoqda.

2015 yilda Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 62 nafar maktab o‘quvchisi homilador bo‘lgani aniqlandi>>

2015 yilning shu davriga qadar Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 62 nafar maktab yoshidagi qizning homilador bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda "Aktobe Tayms" nashri mintaqaning bosh akusher-ginekologi Maksat Sergazin ma'lumotiga asoslanib xabar berdi.

Noyabr premerasi: yangi “007” kino ishqibozlarini hayron qoldira oldimi?>>

Voqealar Mexikoda, xalq sayli chog‘ida boshlanadi. Ajabtovur niqob taqib olgan Bond o‘n minglab odamlar ichidan o‘ziga kerakli shaxsni – shaharda ko‘poruvchilik harakati uyushtirishni rejalashtirayotgan terrorchi Marko Skyarrani osonlik bilan topadi.

Grenlandiyadagi yirik muzliklardan biri tezlik bilan erimoqda>>

Mutaxassislar Grenlandiyadagi asosiy muzliklardan biri erishni boshlagani, bu muzlikning butunlay erishi tufayli dunyo okeani sathi 50 sm ko‘tarilishi mumkinligidan ogohlantirishdi.

Germaniyada 87 yoshli ayol xolokostni rad qilganlikda ayblab sud qilindi>>

Germaniya sudi 87 yoshli Ursula Xaverbek-Vettselni xolokostni rad qilganlikda ayblab 10 oylik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Suddeutsche Zeitung nashri xabar qildi.

Amerikalik ayol 840 metr balandlikdagi dor yo‘ldan poshnali tuflida o‘tdi>>

Braziliyadagi festival paytida AQShning Texas shtatidan 26 yoshli dorboz ayol Vera Diki poshnali tufli kiygan holda 840 metr balandlikda tortilgan dor yo‘ldan o‘tdi.

Kim Chen In safarlarga alohida mobil hojatxona bilan chiqishi ma'lum bo‘ldi>>

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In mamlakat bo‘ylab, harbiy bazalar yoki davlat zavodlariga qilgan safarilarida o‘zi bilan alohida mobil hojatxona olib yurishi ma'lum bo‘ldi.

AQSh ssenariynavislar uyushmasi kino tarixidagi eng kulguli AQSh filmlari ro‘yxatini tuzdi>>

AQSh ssenariynavislar uyushmasi AQShda ishlangan 101 ta eng kulguli ssenariyga ega filmlar ro‘yxatini tuzdi, deb xabar bermoqda The Hollywood Reporter nashri. 

.uz domenidagi 430 ta sayt eng ko‘p tashrifga ega saytlar reytingidan joy oldi>>

2015 yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra tuzilgan eng ko‘p tashrifga ega 1 mln.ta saytlar reytingiga (Top-1M) kirgan .uz domenidagi saytlar soni 430 tani tashkil qildi.

Samsung 2016 yilgi flagman protsessorini taqdim qildi>>

Samsung’ning smartfonlar uchun eng yangi flagman protsessori Exynos 8 Octa 8890 rasman namoyish qilindi. Protsessor 10 foizga oshgan tejamkorlikda 30 foizlik ishlab chiqarish unumdorligini berishga va'da beradi.

Facebook akkauntlari bo‘yicha hukumat so‘rovlari 18 foizga ortdi>>

Butun dunyo bo‘ylab Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi foydalanuvchilar akkauntlari bo‘yicha ma'lumotlar taqdim qilish talab qilingan hukumat so‘rovlari soni 2015 yilning birinchi yarmida 2014 yilning ikkinchi yarmiga nisbatan 18 foizga oshdi, ya'ni 41214 tagacha yetdi, deb aytilmoqda kompaniya bergan hisobotda.

Krishtianu Ronaldu: «Men bir necha ayollar bilan uchrashyapman. Bu o‘ziga xos kasting»>>

«Real» jamoasining 30 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining shaxsiy hayoti borasida so‘zlab berdi.

Buxorodagi tuyaqush fermasi ekoturizm zonasiga aylantiriladi>>

Buxoro tumanida joylashgan “Murg‘ak” fermer xo‘jaligi rahbari Mubin Mahkamov o‘ziga tegishli muassasani ekoturzim zonasiga aylantirishni rejalashtirmoqda. 

O‘zbekistonda Coca Cola ishlab chiqarilishi to‘xtatilishi borasidagi mish-mishlar uydirma bo‘lib chiqdi>>

O‘zbekistonda Coca Cola ishlab chiqarilishi to‘xtatilishi borasidagi mishmishlar uydirma bo‘lib chiqdi. 

Dunyoda onalar o‘limi chorak asr davomida 44 foizga kamaydi>>

1990 yildan 2015 yilgacha bo‘lgan davrda jahonda onalar o‘limi holatlari 44 foizga kamaydi. Ammo har kuni jahon bo‘ylab 800 nafar ayol homiladorlik chog‘ida yoki tug‘ish vaqtida olamdan o‘tadi. O‘limlarning 99 foizi rivojlanayotgan davlatlarga to‘g‘ri keladi.

Top