08:55 / 13.11.2015
3077

O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Osiyo chempionatida 8 jamoa orasida oltinchi bo‘ldi

Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib o‘tayotgan 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha Osiyo chempionati guruh bosqichining uchinchi tur o‘yinlaridan keyin O‘zbekiston terma jamoasi uyga qaytdi.

“V” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi uchinchi turda Xitoy Taypeyga qarshi maydonga tushib, yirik — 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Gollarni Mafutna Panjiyeva, Maxliyo Nazarqulova hamda Shaxnoza Qurbonova kiritishgan.

Bahrom Norsafarov boshchiligidagi jamoa musobaqaning dastlabki o‘yinida Yaponiyaga qarshi maydonga tushib, 4:0 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Undan keyingi — KXDRga qarshi o‘yin ham xuddi shunday hisobdagi mag‘lubiyat bilan tugagandi. Guruh bosqichining so‘nggi turidagi g‘alabadan keyin O‘zbekiston 3 ochko bilan o‘z guruhida 3-o‘rinni egalladi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

"V" guruhdan Yaponiya hamda Shimoliy Koreya terma jamoalari 7tadan ochko jamg‘arib, yarim finalga yo‘l oldi. Yarim final yo‘llanmasini “A” guruhidan Xitoy hamda Tailand terma jamoalari ham qo‘lga kiritdi.

Top