19:53 / 13.11.2015
3737

Putin Turkiyaning tashqi siyosatdagi mustaqilligini e'tirof etdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaning o‘z tashqi siyosatini yuritishdagi mustaqilligini qayd etdi, deyiladi RIA Novosti nashri xabarida.

"AQSh va YeI tomonidan joriy qilingan bir tomonlama sanksiyalar fonida Turkiya o‘z yo‘lini davom ettirmoqda. Rasmiy Anqaraning tashqi siyosatdagi mustaqil harakatlari ulkan hurmatga sazovordir. Ularning tashqi siyosati Rossiya va Turkiya munosabatlari rivojlanishida yangi ufqlar ochadi", deydi Putin Antalyadagi G20 sammiti arafasida.

Putinning qayd etishicha, Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash hajmi 2014 yilda 31 mlrd dollarga ko‘tarilgan.

Top