16:05 / 13.11.2015
12944

Qozog‘istonda avtomobillarga bojxona to‘lovlari narxi

Qonunga kiritilgan yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasi Ekologik kodeksida atrof-muhitga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi avtomobil va boshqa transport vositalarini ekspluatatsiya qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar majburiyati kengaytirilgan.

Carzone.uz nashri xabariga ko‘ra, boj miqdori ishlab chiqarilganiga bir yil to‘lmagan avto uchun ramziy 0,25 oylik hisoblash ko‘rsatkichi (OHK) miqdoridan to ishlab chiqarilganiga 3 yildan ortiq vaqt o‘tgan avto uchun 500 OHKgacha boradi.

Oylik hisoblash ko‘rsatkichi nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni hisoblash koeffitsiyentidir. Qozog‘iston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jarimalar, soliqlar va boshqa to‘lovlarni hisoblash uchun ham qo‘llaniladi. Ushbu koeffitsiyent 2015 yil 1 yanvardan 1982 tengega barobar.

Top