21:17 / 13.11.2015
3171

"ru" hududida pochtaga ega foydalanuvchilarga Poroshenko saytida ovoz berish taqiqlandi

Elektron pochtasi manzili "ru" hududida bo‘lgan rossiyalik internet foydalanuvchilar bundan keyin Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko saytida ovoz bera olmaydilar. Bu haqda Ukraina prezidentining matbuot xizmati ma'lum qildi.

"Serveri Rossiya hududida bo‘lgan elektron pochtalaridan foydalanuvchilar saytdagi murojaatnomalarga ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘lishmaydi", deyiladi xabarda.

Poroshenkoning saytida elektron murojaatlar joylashtirilishi shu yilning avgustida yo‘lga qo‘yilgandi.

Murojaatnomalar saytga qo‘yilganidan boshlab o‘tgan 3 oy ichida 25 mingdan ortiq ovoz to‘plasa, u prezident tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Top