11:10 / 13.11.2015
2582

Tailandda terakt yuz berib, 2 kishi halok bo‘ldi

Tailand janubidagi Pattani viloyati hududida yuz bergan portlash natijasida 2 kishi halok bo‘ldi va 5 kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy politsiya ma'lumotiga asoslanib, TASS nashri xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, portlash natijasida halok bo‘lganlar ko‘ngilli ravishda hududda tartib saqlash uchun posbon sifatida xizmat qilayotgan tinch aholi vakillari edi.

Portlovchi qurilma ko‘ngillilar bo‘linmasi joylashgan bino hududiga o‘rnatilgan. Taxmin qilinishicha, bu portlash hududdagi ayirmachilar tomonidan uyushtirilgan.

Ma'lumot uchun, keyingi 11 yilda asosan musulmonlar yashaydiga Pattani, Yala va Naratxivat viloyatlarida shunday teraktlar tufayli 6,5 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan. Ayirmachilar alohida sultonlik tuzish maqsadida partizanlik urushlari olib borish bilan shug‘ullanib kelishmoqda.

Top