08:56 / 13.11.2015
3638

Yangiyo‘lda o‘t o‘chiruvchilar yong‘indan 22 yoshli qizni chiqarib olishdi

Yangiyo‘lda o‘t o‘chiruvchilar yong‘indan 22 yoshli qizni chiqarib olishdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aytilishicha, yong‘in Murod ismli shaxsning uyida kelib chiqqan. O‘t o‘chiruvchilar yetib kelib, olovni o‘chirishgan. Yong‘in ichidan uy egasining qizi, 1993 yili tug‘ilgan Xolida chiqarib olingan.

Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam xodimlari qizga yordam ko‘rsatishdi.

Top