19:50 / 14.11.2015
32575

13 noyabr: Qo‘rqinchli Parij

13 noyabr kuni parijliklar, nafaqat ular, balki butun fransuzlar uchun odatiy kun bo‘lishi kerak edi. Kimdir mehmonga, yana kimdir esa teatr va dam olish maskaniga, boshqa birov esa futbol ko‘rish uchun yo‘l oldi. Barchasi odatdagidek o‘tishi kerak edi, ammo...

Ammo, avtomatning yoqimsiz tarillashi, shahar bo‘ylab kuchli portlashlardan keyin tinch va chiroyli yashab kelayotgan parijliklarning ko‘zida qo‘rquv soya soldi.

Quyida Parij voqealari ketma-ket eslab o‘tiladi.

Parijda sodir etilgan 6 ta teraktda halok bo‘lganlar soni 150 dan oshib ketdi>>

Parijda sodir etilgan 6 ta teraktda halok bo‘lganlar soni 150 dan oshib ketdi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.  

OAV: Parijda odamlarni garovga olganlar “Bu sizga Suriya uchun” deb hayqirishgan>>

13 noyabrda kechki payt Parijning turli joylarida bir vaqtning o‘zida 6 ta terakt amalga oshirildi. Bosqinchilar Parijning 11-okrugida joylashgan “Bataclan” konsert zalida 100 dan ko‘proq odamni garovga olgan. Shaharning 10-okrugida joylashgan “Le Carillon” restorani oldida bir bosqinchi odamlarga o‘q uzgan.

Politsiya parijliklarga uydan chiqmaslikni tavsiya etmoqda>>

Parijda sodir etilgan bir qancha hujumlardan so‘ng, politsiya shahar aholisini uylaridan chiqmaslikka chaqirmoqda.

OAV: Parijdagi “Bataklan” konsert zali bosqinchilardan ozod etildi, biroq ko‘plab qurbonlar bor>>

Frantsuz politsiyasi Parijda bosqinchilar tomonidan odamlar garovga olingan “Bataklan” konsert zalini terrorchilardan ozod qilish operatsiyasini yakunladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Bataclan teatrida asirga olinganlardan 30 nafar kishi qutqarildi>>

Parijdagi Bataclan teatrida garovga olinganlarning 30 nafari qutulishga muvaffaq bo‘ldi.

Terakt tufayli Parijdagi barcha maktablar yopib qo‘yildi>>

13 noyabr kuni kechasi Parijda davomli teraktlar yuz bergach, shahardagi barcha o‘quv muassasalari, Oliy o‘quv yurtlari, kollejlar va maktablar faoliyati to‘xtatildi.

IShID: Bu "Fransiyaning 11 sentabri"ga aylanadi>>

IShID 13 noyabr kuni kechasi Fransiya poytaxti Parij shahrida amalga oshirilgan davomli teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Sky Tg24 kanali xabar tarqatdi.

Parijdagi teraktlar ijrochilaridan 8 nafari halok bo‘ldi>>

Ayni vaqtga kelib, fransuz maxsus xizmatlari shaharda davomli teraktlar amalga oshirgan jangarilardan 8 nafari yo‘q qilinganini ma'lum qildi. Bu haqda o‘z manbasiga asoslangan holda, Frans Press nashri xabar tarqatdi.

Obama: bu faqat Parijga emas, butun insoniyatga hujumdir>>

AQSh prezidenti Barak Obama Parijdagi hodisalarga munosabat bildirdi, deya xabar berdi Reuters.

Parijda vafot etganlarning ko‘pchiligi xorijliklardir>>

Parijdagi qo‘poruvchilik harakatlarida vafot etganlarning ko‘pchiligi xorijliklardir, deya xabar bermoqda Euronews jonli efirda.

Parijda favqulodda holat tizimi joriy qilindi>>

Amalga oshirilgan qator hujumlar tufayli, Parijda favqulodda holat joriy etildi, deb BFM telekanaliga xabar berdi Fransiya prezidenti Fransua Olland.

Parijga 1,5 ming askar yetib keldi>>

Fransiya poytaxti Parij shahriga terroristik tahdidlar havfi mavjudligi bois 1,5 ming nafar fransuz harbiylari yetib keldi, deya xabar qildi France24 telekanali Ichki ishlar vaziri Bernar Kaznev ma'lumotiga asoslangan holda.

Fransiya va Germaniya o‘yinidan keyin tribunadagi muxlislar xavfdan qochib, maydonga tushib ketishdi>>

Futbol bo‘yicha Fransiya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini (2:0) yakunlanganidan so‘ng tribunalardagi muxlislar "Stad de Frans" stadioni maydoniga chiqib keldi.

Olland G20 sammitida ishtirok etmaydigan bo‘ldi>>

Fransiya prezidenti Fransua Olland Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tadigan “Katta yigirmatalik” sammitidagi ishtirokini bekor qildi. Bu haqda Euronews telekanali xabar bermoqda.

Nyu-York gubernatori: Fransiya bizning fojiamiz vaqtida qayg‘urgan edi, endi esa biz>>

Nyu-York shahri gubernatori Endryu Kuomo Jahon savdo markazi osmono‘par binosi gumbazi Parijda terroristlar hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga hamdardlik ramzi sifatida bir necha kun davomida Fransiya bayrog‘i rangida yoritilishini ma'lum qildi.

“Bataklan”ga hujum paytida yettita portlash sodir bo‘ldi>>

Terrorchi jangarilar tomonidan egallab olingan “Bataklan” konsert zaliga hujum chog‘ida yettita portlash sodir etildi, deb xabar bermoqda France Info.

Xitoy va Janubiy Koreya Fransiya xalqiga o‘z hamdardligini bildirdi>>

XXR raisi Si Tszinpin Fransiya xalqiga Parijdagi turkum teraktlar sababli o‘z hamdardligini bildirdi, deya xabar qilmoqda Reuters.

Olland terrorchilarga qarshi “ayovsiz” urush olib borishga va'da berdi>>

Fransiya prezidenti Fransua Olland Parij terrorchilarga qarshi urush olib borishini aytdi, deb xabar bermoqda BFM nashri.

Guvoh: "Bataklan"ga bostirib kirgan terrorchilar odamlarni 15 daqiqa davomida otishdi>>

Europe1 radiokanali jurnalisti Julen Pirs Parijdagi "Bataklan" terakti sodir etilgan vaqtda teatr binosida bo‘lgan.

Facebook`da Parij terakti munosabati bilan maxsus funksiya qo‘shildi>>

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Parijdagi teraktdan keyin fransiyadagilar o‘zlarining tirik va xavfsiz sharoitlarda ekanini bildirishi uchun alohida funksiya joriy qilindi.

Teraktlardan so‘ng parijliklarga qo‘noqlar taklif qilinib, taksichilar yo‘lovchilarni bepul eltmoqda>>

Fransiya poytaxti aholisiga juma kuni tunda Parij shahrida bo‘lib o‘tgan qo‘poruvchilik harakatlaridan so‘ng bir-biriga faol ko‘mak bermoqda. 

Reuters: Parijdagi teraktlarga qaramay, Fransiya aeroportlari yopilmaydi>>

Parijda sodir etilgan qator teraktlarga qaramay, Fransiya aeroportlari yopilmadi, shu bilan birga temir yo‘l transporti ham o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

AQSh Parijdagi turkum teraktlarning ehtimoliy tashkilotchisini ma'lum qildi>>

AQSh razvedkasi Parijdagi qo‘poruvchilik harakatlari hujumlarning murakkabligiga ko‘ra IShID emas, balki “Al-Qoida” tomonidan tashkil etilgan, deya hisoblamoqda.

Jahondagi ko‘plab binolar Fransiya bayrog‘i tusiga kirdi>>

Jahondagi ko‘plab bino va tarixiy obidalar, Parijda bo‘lib o‘tgan teraktlarga hamdardlik ifodasi tariqasida Fransiya bayrog‘i tusiga kirdi. 

Parijdagi terakt: Jarohatlanganlar soni 250 nafarni tashkil etmoqda>>

Parij shahrida 13 noyabr oqshomida sodir etilgan davomli teraktlar tufayli jarohat olib, shifoxonalarga yotqizilganlar soni 250 nafarga yetdi. Bu haqda prokuraturadagi manbasiga asoslangan holda, Frans Press nashri xabar tarqatgan.

14 noyabrda Fransiyadagi barcha rasmiy muassasalar yopildi>>

14 noyabr kuni Parijdagi barcha rasmiy va munitsipal muassasalar shaharda sodir etilgan qator teraktlar sabab yopildi. Bu haqda Parij merligi ma'lum qilgan.

Bashar Asad: Parijdagilar Suriya xalqi 5 yildan beri yashayotgan ahvol bilan to‘qnashishdi>>

Suriya prezidenti Bashar Asad Parijdagi teraktni qoralab chiqdi va qurbonlarning yaqinlariga hamdardligini bildirdi.

Olland: IShID - Parijdagi teraktlar tashkilotchisi>>

Fransiya prezidenti Fransua Ollandning tasdiqlashicha, Parij shahrida 14 noyabrga o‘tar kechasi yuz bergan xunrezliklar IShID tomonidan amalga oshirildi.

Olland Parij terakti munosabati bilan Fransiyada 3 kunlik motam e'lon qildi>>

Fransiya prezidenti Fransua Olland 14 noyabrga o‘tar kechasi Parij shahrida amalga oshirilgan teraktlar tufayli mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qildi.

IShID jangarilari videomuloqotda Fransiyada terroristik hujumlar davom etishini ma'lum qildi>>

IShID terroristik guruhi Fransiyada terroristik hujumlar davom ettirilishi ma'lum qilingan videomuloqotni tarqatdi, deya xabar berdi «Al-Arabiya».

XXR, Italiya va Turkiya Fransiyadagi o‘z fuqarolaridan ko‘chaga chiqmaslikni so‘radi>>

14 noyabr kuni Parijda sodir bo‘lgan qator teraktlar sabab Fransiyadagi XXR, Turkiya va Italiya elchixonalari Fransiyadagi o‘z fuqarolariga agar zarurat bo‘lmasa uylaridan tashqariga chiqmasliklarini, jamoat joylarida teraktlarga aloqador har qanday uyushtirilajak tadbirlardan uzoqda bo‘lishliklarini so‘radi.

IShID Parijda sodir bo‘lgan teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi>>

Parijda 14 noyabr kuni sodir etilgan turkum teraktlarni “Iroq va Shom islom davlati” terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga oldi, deb xabar bermoqda Reuters.

Parij qon ichida: "Bataklan" teatridan qochib chiqqanlar najot izlashmoqda (Video)>>

«Le Mond» gazetasi jurnalisti Daniel Psenni Parij terakti bilan bog‘liq shov-shuvli hodisalarni tasvirga oldi.

Telefon parijlik yigitni terrorchilar o‘qidan asrab qoldi>>

Parij terakti guvohlaridan biri o‘z mobil telefoni jonini asrab qolgani haqida aytib berdi. iTele nashrida yozilishicha, uning qo‘lidagi telefon o‘qni qaytarib qolgan.

Top