08:46 / 14.11.2015
4125

Bataclan teatrida asirga olinganlardan 30 nafar kishi qutqarildi

Parijdagi Bataclan teatrida garovga olinganlarning 30 nafari qutulishga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq garovdagilar soni 100 nafarni tashkil etishi ma'lum qilingan edi.
Noma'lum kimsalar Parijning 11-okrugida joylashgan Bataclan teatrida bir qancha odamlarni garovga olishgan.

Parijning 10-okrugidagi Le Carillon restoranida otishma sodir bo‘ldi. Jinoyat sodir etgan kishini ushlay olishmadi. “Stad de Frans” futbol stadionida ikkita kuchli portlash sodir bo‘ldi. Shuningdek, Les Halles savdo markazida ham otishma ovozlari eshitilgan.
Parijda ayni damda favqulodda holat e'lon qilingan.
Fransiya o‘z chegaralrini yopdi va harbiylarni ko‘chalarga safarbar etdi.

Top