12:32 / 14.11.2015
2160

Yevro-2016 saralashi. Bosniya va Gertsegovina - Irlandiya bahsida durang qayd etildi

Yevro-2016 musobaqasining so‘nggi saralash pley-offidan o‘rin olgan Bosniya va Gertsegovina hamda Irlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.

O‘yinning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 82-daqiqaga kelib, Breydi Irlandiyani oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib, Edin Jyeko maydon egalarini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Javob uchrashuv oldidan mehmonlarda yaxshigina imkoniyat paydo bo‘ldi.

Yevro-2016 saralashi, pley-off
Bosniya i Gertsegovina – Irlandiya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 82 Breydi, 1:1 – 85 Jyeko.
Bosniya va Gertsegovina – Begovich, Zukanovich, Shunich, Spaxich, Tsotsalich, Pyanich, Vishcha (Djurich, 73), Lulich (Xayrovich, 88), Muydja (Vranesh, 51), Ibishevich, Jyeko.
Irlandiya – Rendolf, Uord (Uilson, 67), Koulmen, Kio, Klark, Makkarti, Breydi (Makgidi, 86), Xulaxan (Makkleyn, 60), Xendrik, Uelan, Merfi.
Ogohlantirishlar: Uord (26).

Top