12:53 / 14.11.2015
6661

JCh-2018 saralashi, Janubiy Amerika qit'asi. Argentina - Braziliya - 1:1

Janubiy Amerika qit'asida JCh-2018 saralash uchrashuvlari davom etmoqda. 12 noyabr kuni Buenos-Ayresdagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli bir kunga kechiktirilgan Argentina va Braziliya uchrashuvi 13 noyabr kuni o‘tkazildi. Bu o‘yinda 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etildi.

34-daqiqada Lavessi Argentinani oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Lukas Lima 58-daqiqada javob golini urdi.

Shu tariqa jamoalari durangga imzo chekishdi.

Qayd etish kerakki, Argentina termasi uch o‘yinda endi 2 ochko jamg‘ardi. Guruhda ayni vaqtda 9 ochko bilan Ekvador peshqadamlik qilmoqda.

JCh-2018 saralashi. KONMeBOL
Argentina – Braziliya 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 34 Lavessi, 1:1 – 58 Lukas Lima.
Argentina – Romero, Otamendi, Roxo, Ronkalya, Funes Mori, Banega (Lamela, 81), Maskerano, Di Mariya, Bigliya, Lavessi (Gaytan, 70), Iguain (Dibala, 81).
Braziliya – Alisson, Miranda, Filipe Luis, Dani Alves, David Luiz, Villian (Jil, 90), Elias, Luis Gustavo, Lukas Lima (Renato Augusto, 63), Neymar, Oliveyra (Duglas Kosta, 57).
Ogohlantirishlar: Filipe Luis (32), Lukas Lima (60), Otamendi (62), Ronkalya (75), Maskerano (82), David Luiz (87).
Chetlatish: David Luiz (88).

Top