18:02 / 14.11.2015
12622

Jirinovskiy Fransiyaning Arabistonga aylanishini bashorat qildi

LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy yaqin vaqtlarda Fransiya arab davlatiga aylanishini bashorat qildi. Uning fikri partiya saytida e'lon qilingan.

Jirinovskiy shu yo‘l Parijdagi teraktlarga o‘z munosabatini bildirdi. “Fransiya kelgusida yangi Arabistonga aylanadi. Biz qochqinlarni qabul qilishga baribir majbur bo‘ladigan Fransiya bilan asta-sekin xayrlashamiz”,- dedi u.

“Biz fransuzlarni Rossiyaga evakuatsiya qilishda qatnashishimiz mumkin. Tub fransuzlarni o‘zimizga chaqirib olishimiz mumkin, chunki Fransiya halok bo‘ladi, u o‘zini himoya qila olmaydi. Frantsuzlar qarshilik ko‘rsatishga qodir emas va birinchi xavfdayoq har tarafga qochib ketadi. Arablar bo‘lsa aksincha, bundan g‘azabga tushishadi”, - dedi Jirinovskiy.

Top