10:01 / 14.11.2015
3976

Nyu-York gubernatori: Fransiya bizning fojiamiz vaqtida qayg‘urgan edi, endi esa biz

Nyu-York shahri gubernatori Endryu Kuomo Jahon savdo markazi osmono‘par binosi gumbazi Parijda terroristlar hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga hamdardlik ramzi sifatida bir necha kun davomida Fransiya bayrog‘i rangida yoritilishini ma'lum qildi.

Mazkur bino 2001 yil 11 sentabrda egizak binolar terrorchilar tomonidan vayron qilingan joyda qad rostlagan. “Biz Fransiya xalqiga ular bizning fojiamiz vaqtida biz uchun qanday hamdardlik bildirgan bo‘lsa, o‘shanday tarzda o‘zimizning jiddiy hamdardigimizni ifoda etamiz”, - deyiladi Kuomoning rasmiy saytdagi xabarida.

“Biz o‘ldirilganlar yaqinlarining qayg‘usiga sherikmiz, jabrlangan va yaqinini yo‘qotganlar uchun toat qilamiz. Shuningdek, erkin va osuda zamin uchun kurashuvchilar bilan yonma-yon turamiz”, - deydi Kuomo.

Eslatib o‘tamiz, Parijda 13 noyabr kechasi 6 tadan 7 tagacha terakt amalga oshirilgan: 4 ta hujumda odamlarga qarata o‘q uzilgan, “Bataklan” konsert zalida odamlar garovga olingan, shahar chetidagi “Stad de Frans” stadioni yonida 3 ta portlash sodir etilgan. Ushbu hujumlar uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Top