08:14 / 14.11.2015
10694

OAV: Parijda odamlarni garovga olganlar “Bu sizga Suriya uchun” deb hayqirishgan

13 noyabrda kechki payt Parijning turli joylarida bir vaqtning o‘zida 6 ta terakt amalga oshirildi. Bosqinchilar Parijning 11-okrugida joylashgan “Bataclan” konsert zalida 100 dan ko‘proq odamni garovga olgan. Shaharning 10-okrugida joylashgan “Le Carillon” restorani oldida bir bosqinchi odamlarga o‘q uzgan. “Stad de Frans” stadioni oldida 3 ta portlash sodir etilgan. Shuningdek, “Les Halles” savdo markazida ham otishma yuz bergani ma'lum qilingan.   

Guvohlarning tasdiqlanmagan ma'lumotlariga ko‘ra, konsert zalida odamlarni garovga olganlar “Bu sizga Suriya uchun” deb hayqirishgan. Bu haqda Euronews telekanali ma'lum qildi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, teraktlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 153 kishiga yetgan, yuzlab odamlar jarohat olgan. Frantsuz maxsus xizmatlari konsert zalini bosqinchilardan ozod qilishga muvaffaq bo‘lgan, biroq bu yerda otishmalar oqibatida 112 kishi halok bo‘lgan.

Top