15:15 / 14.11.2015
3430

O‘zbekistonlik sambochi 2 karra jahon chempioniga aylandi

Sambo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Istam Qudratov Marokashning Kasablanka shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi.

74 kg vazn toifasida ishtirok etgan navoiylik sportchi Istam Qudratov 2011 yilgi JChda ham tengsiz bo‘lgandi.

Qayd etish kerakki, u 2013 yilda Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan JChda kumush medal egasi bo‘lgandi.

Ma'lum qilinishicha, Marokashdagi chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga yana 3ta bronza medal qo‘shilgan: Sattor Ergashov ( - 52 kg), Sarbon Ernazarov (- 68 kg), Islom Azimov (- 100).

Top