09:30 / 14.11.2015
5962

Parijda vafot etganlarning ko‘pchiligi xorijliklardir

Parijdagi qo‘poruvchilik harakatlarida vafot etganlarning ko‘pchiligi xorijliklardir, deya xabar bermoqda Euronews jonli efirda.

Yetti marotaba sodir etilgan teraktlarda turli manbalarda 112 dan 150 nafargacha kishi qurbon bo‘lgani aytilmoqda. Jarohatlanganlar soni aniq emas.

Eslatib o‘tamiz, Parijda 13 noyabr kechasi 6 tadan 7 tagacha terakt amalga oshirilgan: 4 ta hujumda odamlarga qarata o‘q uzilgan, “Bataklan” konsert zalida odamlar garovga olingan, shahar chetidagi “Stad de Frans” stadioni yonida 3 ta portlash sodir etilgan. Ushbu hujumlar uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Top