19:45 / 14.11.2015
3066

Parijdagi teraktlardan keyin 300 kishi shifoxonaga yotqizildi

Parijdagi teraktlardan keyin shifoxonaga yotqiilgan odamlar soni 300 kishini tashkil qilmoqda, ulardan 80 nafari juda og‘ir ahvolda qolmoqda, deb xabar berdi Frans Press agentligi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, shifoxonaga yetkazilganlardan 43 nafari terakt guvohlari yoki jarohat olganlar yoxud halok bo‘lganlarning yaqinlaridir.

“Ko‘pchilik odamlar karaxtlik holatida turli xildagi, gohida ko‘plab jarohatlardan aziyat chekadilar, bu jarohatlar uzoq muddatli istiqbolda tibbiy yordam talab qilishi mumkin”, dedi Parij davlat kasalxonalari direksiyasi vakili.

Parijda 13 noyabr kechki payt bir qator teraktlar sodir etildi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, teraktlar oqibatida 128 nafar odam halok bo‘lgan, 250 nafardan ko‘proq kishi jarohat olgan.

Top