10:30 / 14.11.2015
6332

Ramzon Qodirov musulmon davlatlari yetakchilarini terrorchilikka qarshi birlashishga chaqirdi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Parijdagi teraktlardan keyin arab va musulmon davlatlari yetakchilarini terrorchilarga qarshi sa'y-harakatlarni birlashtirishga chaqirdi.

“Hozir Parijdagi teraktlar ortida Iblis davlati turganiga hech kimda shubha qolmadi”, deb yozdi Qodirov instagramdagi sahifasida.

Qodirovning aytishicha, IShIDning “terrorchilik internatsionali” saflarida dunyoning barcha davlatlaridan o‘n minglab jangarilar tayyorlangan.

Kodirovning fikricha, agar terrorchilik mag‘lub etilmasa, dunyo ag‘dar-to‘ntar bo‘lib, “bunday qonli voqealarning oxiri bo‘lmaydi”.

IShID Fransiyadagi 13 noyabrdagi voqealarni AQShdagi 11 sentabr voqealari bilan tenglashtirdi.

Top