20:12 / 14.11.2015
5692

Tojikiston butun mamlakat bo‘ylab va chegaralarida xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda

Tojikiston harbiy tuzilmalari Parijdagi teraktlar tufayli mamlakat bo‘ylab va Afg‘oniston bilan chegaralarida xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralarni ko‘rdilar. Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakili TASS axborot agentligi muxbiriga ma'lum qildi. 

Manba tafsilotlarni oshkor etmadi. Uning aytishicha, strategik obektlar himoyasi quchaytirilgan.

“Dushanbeda joylashgan xorijiy diplomatik vakolatxonalar xavfsizligi borasida gapiradigan bo‘lsak, elchixonalar hamda Rossiyaning 201-harbiy bazasining umumiy o‘rta ta'lim maktabini qo‘riqlash sentabrda isyonchi general Abduhalim Nazarzoda boshchiligidagi aksilhukumat kuchlarga qarshi o‘tkazilgan aksilterrorchilik operatsiyasi davomida kuchaytirilgan edi”, deb aytdi Tojikiston maxsus xizmatlari vakili.

“Tashqi chegaralar xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha choralar qabul qilindi. Bizni “Tolibon” guruhlarining Tojikiston chegarasiga yaqinlashayotgani xavotirlanmoqda”, deb qo‘shimcha qildi manba, biroq u jangarilarning aniq sonini ayta olmadi.

Manbaning aytishicha, Fransiyadagi teraktlar “birorta ham davlat terrorchilar hujumidan himoyalanmaganini va bu xavfga qarshi butun dunyo birlashishi kerakligini” ko‘rsatdi.

Top