16:03 / 15.11.2015
14278

«Bataklan»dagi otishma tasvirlangan video internetga joylashtirildi

Internetda 13 noyabr kuni tunda terrorchilar tomonidan Fransiya poytaxti Parij shahridagi «Bataklan» tungi klubiga terrorchilar hujumi aks etgan videotasvir joylashtirildi. Ayni shu kechada klubda Kaliforniyaning Eagles of Death Metal guruhi konsert berayotgan edi. Videoyozuv qo‘shiqlardan biri otishma ovozi sababli to‘xtab qolingan lahzada tasvirga olingan. Shundan so‘ng musiqachilar sahnani tark etishni boshlagan.

The Guardian nashri xabariga ko‘ra, otishma natijasida guruh menejyerlaridan biri — Britaniya fuqarosi hisoblangan Nik Aleksander (Nick Alexander) vafot etgan. U 36 yoshda bo‘lib, o‘z faoliyati davomida Sum 41, Panic! at the Disco va The Black Keys guruhlari bilan birga faoliyat ko‘rsatgan.
Parijdagi hodisalardan so‘ng Eagles of Death Metal Yevropa bo‘ylab safariga yakun yasadi. Musiqachilar Belgiya, Shveytsariya, Germaniyada konsert berib, gastrol safarini 10 dekabrda Portugaliyada yakuniga yetkazishlari kerak edi.

Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr oqshomida Parijning bir qancha okruglarida teraktlar uyushtirildi va buning oqibatida 129 nafar kishi nobud bo‘ldi, jarohat olganlardan 99 kishining ahvoli ancha og‘irligi ma'lum qilindi.

Top