18:55 / 15.11.2015
8103

Dayjyest. Haftaning eng asosiy xabarlari. Jahon (9-15 noyabar)

Hurmatli o‘quvchilar! Jahonda xafta davomida (9-15 noyabr) sodir bo‘lgan xabarlar xronikasini e'tiboringizga takroran havola etamiz.

BMT tashqi ishlar vaziri: Isroil Falastin xalqiga qarshi harbiy jinoyatlar qilmoqda>>

Isroil qurolli kuchlari Falastin xalqiga nisbatan harbiy jinoyatlar sodir etmoqda. Bu haqda arab ligasiga kiruvchi mamlakatlarning favqulodda yig‘ilishi paytida BAA tashqi ishlar vaziri Abdulloh ibn Zoid al Nahayon aytib o‘tgan.

Britaniya terrorizmga qarshi kurash uchun maxsus xizmatlar xodimlari sonini oshirmoqchi>>

Britaniya moliya kansleri Jorj Osborn mamlakatda maxsus xizmatlar xodimlari sonining sezilarli darajada oshirilishini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters agentligi.

Qohirda IShIDning mahalliy boshlig‘i yo‘q qilindi>>

Misr huquq-tartibot idoralari xodimlari Qohiradagi “Ansor Bayt al Maqdis” terrorchilik guruhining rahbari Ashraf al-Garabliyni yo‘q qildi. Bu haqda Misr OAV ma'lumotlariga tayanib, TASS xabar bermoqda.

Putin Rossiya hududidan Misrga bo‘ladigan parvozlarning vaqtinchalik bekor etuvchi farmonga imzo chekdi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 8 noyabrdan boshlab Rossiya hududidan Misrga bo‘ladigan parvozlarning vaqtinchalik bekor etilishi to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Mazkur farmon mamlakatning huquqiy axborotlar rasmiy internet portalida e'lon qilindi.

Google yurak xastaliklariga qarshi kurash usullarini o‘rganishga 50 mln dollar ajratadi>>

Amerikaning Google korporatsiyasining Google Life Sciences sho‘'ba kompaniyasi insonlardagi yurak qon-tomir xastaliklariga qarshi kurashning yangi va innovatsion usullarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot loyihasida ishtirok etadi. 

Eron TIV 3 nafar eronlikning qatliga izoh so‘rab, Saudiya Arabistoni elchisini chaqirtirdi>>

Saudiya Arabistoni elchisi Eron Tashqi ishlar vazirligiga Saudiyada 3 nafar eronlikning qatl qilinishi yuzasidan izoh so‘rash maqsadida chaqirtirildi. Bu haqda ISNA agentligiga asoslangan holda Associated Press xabar tarqatgan.

Britaniya TIV: Bizni Yevrokengashdagi “pardoz” o‘zgarishlari qoniqtirmaydi>>

Britaniya bosh vaziri Yevrokengash raisiga mamlakatlarning YeKga a'zo bo‘lishi to‘g‘risidagi shartnomaga o‘zgartishlar kiritilishi borasidagi talablar bitilgan maktubni jo‘natdi.

Netanyaxu Isroilga harbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirishlarini so‘rash uchun AQShga parvoz qildi>>

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQShga parvoz qildi. Uning kun tartibidan AQSh prezidenti Barak Obama bilan Amerikaning Isroil davlatiga yaqin o‘n yillikda ham harbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirish masalasini muhokama qilish o‘rin olgan.

AQShda avtoturargohdagi 12 mashinani yer yutib ketdi>>

AQShning Missisipi shtatidagi restoranlardan birining avtoturargohidagi eng kamida 12ta avtomobil yer ostiga kirib ketdi, deya xabar qildi Dallas Morning News nashri.

AQSh samolyoti Venesuela havo hududiga beruxsat kirdi>>

AQSh qirg‘oq qorovuli xizmati samolyoti tegishli ruxsatga ega bo‘lmay turib Venesuela havo hududiga kirdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes 8 noyabr kuni xabar berdi.

Qirg‘iziston va Iroq o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi>>

5 noyabr kuni Qirg‘iziston va Iroq o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatish bo‘yicha qo‘shma kommyunike imzolandi. Bu haqda Qirg‘iziston TIV xabar berdi.

Yamandagi portlashda 16 askar halok bo‘ldi>>

Yamanning Marib provinsiyasida yo‘l chetiga o‘rnatilgan portlovchi uskunaning harakatga kelishi oqibatida eng kamida 16 nafar askar halok bo‘ldi, deya xabar qilmoqda Reuters.

Moskvalik rassom FSB eshigini yoqib yubordi>>

Rossiyalik rassom-aktsionist Pyotr Pavlenskiy Moskva markazida, Lubyankada Federal xavfsizlik byurosi (FSB) binosi eshigini yoqib yubordi. Voqea aks etgan videolavha internetga joylashtirildi.

Xorvatiyadagi parlament saylovida muxolifatdagi partiya g‘olib bo‘ldi>>

8 noyabr kuni Xorvatiyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi va dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakat YeIga a'zo bo‘lganidan beri ilk marta o‘tkazilgan ushbu parlament saylovi muxolifat g‘alabasi bilan yakunlangan.

Xitoyda havo ifloslanishi rekord darajaga yetib bordi>>

Xitoyning ayrim hududlarida bugungi kunga kelib havo ifloslanishi darajasi me'yoridan 56 barobarga oshib ketgan. Bu haqda Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotiga asoslangan holda The Guardian nashri xabar bermoqda.

The Times: Mourino hozircha ishdan bo‘shatilmaydi>>

Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino yaqin vaqtlar ichida iste'foga chiqarilmaydi.

Nigeriya o‘z tarixida 5-marta yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi>>

Nigeriya U-17 terma jamoasi Chilida yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati finalida Mali termasiga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Obama va Erdo‘g‘an IShIDga bosimni kuchaytirishga kelishib oldilar>>

AQSh va Turkiya prezidentlari Barak Obama va Rajab Toyib Erdo‘g‘an telefon orqali suhbatda IShID jangarilariga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirishga kelishib oldilar.

YeTTB 2015 yilda Tojikiston iqtisodiyoti 5 foizga qadar sustlashishini bashorat qildi>>

Tojikiston YaIM o‘sishi 2014 yildagi 6,7 foizdan 2015 yilda 5 foizgacha pastlashadi, deyiladi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB)ning iqtisodiy bashoratida.

Eron terrorchilardan xavfsirab chegaralarini mustahkamlamoqda>>

Eron ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Hussayn Zulfuqoriy bergan ma'lumotlarga qaraganda, mamlakat ichiga terrorchilarning kirishini oldini olish borasidagi xatti-harakatlar doirasida chegara postlari mustahkamlanmoqda.

Suriya va Iroqda 300 tojikistonlik halok bo‘ldi>>

Tojikistonlik jangarilari Suriya va Iroqdagi harbiy harakatlarda ko‘plab halok bo‘lmoqda, tirik qolganlarning ko‘pchiligi esa yurtiga qaytmoqchi. Bu haqda Tojikiston razvedkasi e'lon qilgan hisobotda aytildi.

Rossiya TIV: Yaqin Sharq navbatdagi “qora tuynuk”ni boshdan kechira olmaydi>>

Yaqin Sharqda hokimiyatni kuch bilan o‘zgartirishga bo‘lgan navbatdagi harakat juda qimmatga tushishi mumkin. Bu haqda Rossiya TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova “Komsomolskaya pravda” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi nonni bo‘laklab sotishga chaqirdi>>

Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Saparxan Omarov nonni kesilgan holda sotishning maqsadga muvofiq bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri sayti orqali xabar qilindi.

Dunyodagi eng piyonista davlat nomi aytildi>>

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti o‘tkazgan tadqiqot natijalariga qaraganda, spirtli ichimliklar ichish hajmining eng yuqori darajasi Litvada qayd qilingan. Bu mamlakatning har bir fuqarosi yiliga 14 l spirtli ichimlik ichadi, deb yozadi Britaniyaning Independent nashri.

Xitoy Rossiya bilan viza tartibini bekor qilishi mumkin>>

Xitoy Rossiya bilan ikki tomonlama turistik oqimni oshirish maqsadida vizasiz tartib joriy qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 10 noyabr kuni XXR TIV Yevropa va Osiyo davlatlari departamenti rahbari Guy Tsun'yu bayonot berdi.

Rossiya va Kuvayt maqsadlar haqida memorandum imzolashdi>>

Rossiyaning “Rosoboronekport” korxonasi va Kuvayt Mudofaa vazirligi 10 noyabrda maqsadlar haqida memorandum imzolashdi.

Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri: 2015 yil hosilining bir qismi qor ostida qolib ketdi>>

Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri Asiljon Mamitbekov mamlakatning ayrim hududlarida hosilning bir qismi qor ostida qolganini tan oldi.

Facebook’ka yevropaliklarni kuzatishni bas qilishi uchun 48 soat vaqt berildi>>

Bryussel Fuqarolik sudi 9 noyabr kuni o‘z qarori bilan Facebook ijtimoiy tarmog‘iga 48 soat ichida foydalanuvchilarini kuzatish va ular ma'lumotlarini qayta ishlash amaliyotini to‘xtatish majburiyatini yukladi.

Ronaldu haqidagi hujjatli filmning premerasi o‘tkazildi (foto+video)>>

9 noyabr kuni "Real" jamoasining portugaliyalik futbolchisi Krishtianu Ronaldu haqidagi hujjatli film premerasi bo‘lib o‘tdi.

OAV: Suriya armiyasi ikki yil qamalda bo‘lgan Suriya aviabazasi qurshovini buza oldi>>

Suriya hukumat qo‘shinlari Suriyaning shimolida ikki yildan beri qamalda bo‘lgan aviabazaning qurshovidan o‘ta olishdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Buxarestdagi yong‘in tufayli qurbon bo‘lganlar soni 49 kishiga yetdi>>

Ruminiya poytaxti Buxarest markazidagi mashhur tungi klublardan birida 31 oktabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan yong‘in natijasida qurbon bo‘lganlar soni 49 kishini tashkil etmoqda.  

Obama Eronga qarshi sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi>>

AQSh prezidenti Barak Obama Eronga qarshi sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi. Bu haqda uning ikkala palata rahbarlariga yo‘llangan maktubi va tegishli hujjatda aytildi.

Chilida bir soat ichida 6,9 magnitudali ikkinchi zilzila sodir bo‘ldi>>

11 noyabrda Chili sohillari yaqinida bir soat ichida 6,9 magnitudali ikkinchi zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSh Geologik xizmati ma'lum qildi.

Hillari Klinton AQShning IShIDga qarshi urush e'lon qilishiga hali erta deb hisoblamoqda>>

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Hillari Klinton ayni paytda IShID terrorchilik guruhiga qarshi urush e'lon qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.   

Putin: Rossiya qurollanish poygasiga kirmayapti, balki qo‘ldan boy berilganning o‘rnini to‘ldirmoqda>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya qurollanish poygasiga kirishni istamasligini aytdi, deb xabar berdi TASS axborot agentligi.

Misr parvozlarning bekor qilinayotganidan bir oyda 273 mln dollar zarar ko‘rdi>>

Yevropaning bir qator davlatlari tomonidan Misrga uchishi kerak bo‘lgan aviareyslarning bekor qilingani mamlakat iqtisodiyotiga bir oy ichida 273 million dollar zarar yetkazishi mumkin. Bu haqda 11 noyabr kuni respublika Turizm vazirligi xabar qildi.

Independent: Yaqin Sharqda xristian dini butunlay yo‘qolish xavfi ostida>>

IShID jangarilari tomonidan boshqa din vakillariga nisbatan shafqatsizlik bilan munosabatda bo‘layotgani sababli yaqin o‘n yillikda Yaqin Sharqdagi bir qator mamlakatlarda xristian dini to‘liq yo‘q bo‘lib ketishi mumkin, deya yozmoqda The Independent nashri.

“D’Artanyan va uch mushketyor” filmi rejissyori vafot etdi>>

Moskvada Rosssiyaning mashhur rejissyori Georgiy Yungvald-Xilkevich 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda RF kinematografiyachilari ittifoqi ma'lumotlariga tayangan holda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

Markaziy Afrika Respublikasida BMT tinchlikparvari o‘ldirildi>>

Markaziy Afrika Respublikasida musulmon jangarilari bilan bo‘lgan qurolli to‘qnashuvda BMT tinchlikparvari halok bo‘ldi. Bu haqda xalqaro tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Mersedes» yangilangan SL dizaynini namoyish qildi>>

Mercedes-Benz kompaniyasi yangilangan SL rodster (ikki o‘rindiqli usti ochiq yoki yopiq avtomobil) suratlarini namoyish qildi. 

Afg‘oniston politsiyasi norozilik namoyishi chog‘ida o‘t ochdi>>

Afg‘oniston politsiyasi Kobuldagi norozilik namoyishi chog‘ida ogohlantirish tartibida havoga o‘q uzdi, deb xabar beradi Reuters agentligi.

Afg‘onistonning MDH bilan chegaralariga 4,5 ming jangari to‘plangan>>

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi chegara mahkamasi hamdo‘stlikning Afg‘oniston bilan tutash tashqi chegaralaridagi murakkab vaziyatdan xavotirda. Bu haqda MDH davlatlari chegara qo‘shinlari qo‘mondonlik kengashining muvofiqlashtiruvchi xizmati vakili Aleksandr Manilov ma'lum qildi.

Independent: Suriyadagi urush haliveri tugamaydi>>

Shu haftaning oxirida Suriyada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha navbatdagi muzokaralar o‘tkaziladi, ammo barcha tomonlarni qoniqtiradigan shartlar asosida murosaga kelish qiyin, deb hisoblaydi The Independent kolumnisti.

Turkish Airlines Rossiyadagi eng yirik aviatashuvchi bo‘ldi>>

Turkiya milliy aviakompaniyasi Turkish Airlines Rossiyadagi eng yirik aviatashuvchi bo‘lib qolmoqda. Kompaniyaning 2015 yilda Rossiyaga qatnovlar yo‘nalishi 16 foizga oshgan.

Finlyandiyada musulmonlar soni pravoslav sonidan ortib ketdi>>

Qochqinlar oqimining kuchayishi natijasida Finlyandiyada musulmonlar soni pravoslav sonidan ortib ketdi. Bu haqda Yle nashri xabar bermoqda.

OAV: Iroqda uyushtirilgan 2 terakt oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi>>

Iroqning al-Falluja shahrida sodir etilgan 2 portlash oqibatida hukumat armiyasi va ko‘ngillilarning 20 nafar vakili halok bo‘ldi. Bu haqda Al Jazira telkanali xabar bermoqda.

Astronomlar Quyosh tizimi yaqinida yangi sayyora kashf qilishdi>>

Amerikalik olimlarning ta'kidlashicha, ushbu sayyora juda issiq va unda hayot uchun sharoitlar bo‘lishi amri mahol.

Hindistonda toshqin oqibatida 20ga yaqin kishi halok bo‘ldi>>

Hindistonning Tamilnad shtati hamda Puducherri ittifoqchi hududida bo‘ron va toshqin oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.

ATES sammitiga Putin o‘rniga Medvedev boradi>>

Filippinda 18-19 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ATES sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rniga bosh vazir Dmitriy Medvedev ishtirok etadi.

Ozarbayjon Aloqa va yuqori texnologiyalar vaziri lavozimidan ozod etildi>>

Ozarbayjon Aloqa va yuqori texnologiyalar vaziri Ali Abbosov 12 noyabr kuni o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqdagi qaror mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan imzolangan.

Bolalar semizligi kambag‘allar kasalligi deb tan olindi>>

Shifokorlar ota-onasi kambag‘al bo‘lgan bolalar ko‘p hollarda semizlikdan aziyat chekadi, deya ma'lum qilishdi. Bu borada o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi Preventive Medicine jurnalida chop etildi.

NYT: Tramp amerikaliklarning maoshlari haddan ortiq baland deb hisoblaydi>>

AQSh prezidentligi uchun nomzodlardan biri Donald Tramp eng kam ish haqi miqdorining oshirilishiga qarshiligini bildirdi. The New York Times nashrida yozilishicha, u amerikaliklar uchun shundoq ham yuqori maoshlar to‘lanmoqda, deb hisoblaydi.

Sochi aholisi bo‘ron xavfi haqida ogohlantirildi>>

Rossiyaning Sochi shahrida davom etayotgan kuchli yomg‘irlar va qor tufayli bo‘ron xavfi yuzaga kelishi xavfi haqida e'lon qilindi. Shahar hokimiyati saytida yomg‘ir tufayli daryodagi suvlarning toshishi mumkinligi haqida xabar qilingan.

Yevropa Ittifoqi va Afrika mamlakatlari migratsiya borasida harakat rejasini qabul qildi>>

Yevropa Ittifoqi va Afrika mamlakatlari migratsiya inqiroziga qarshi kurash harakatlari qo‘shma rejasini qabul qildi. Bu haqda Valettada o‘tgan Yevropa Ittifoqi—Afrika sammiti so‘nggida YeI kengashi vakili ma'lum qilgan.

Jahon banki Tojikistonni samarali va manzilli ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirishga chaqirdi>>

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller Tojikistonga tashrifi jarayonida respublika rahbariyatini fuqarolar, ayniqsa, aholining kambag‘al va zaif qatlamining turmush sharoitini yaxshilashga yo‘naltirilgan tuzilmalarni isloh qilishga chaqirdi, deya xabar qildi bank matbuot xizmati.

Qirg‘izistonda yangi islom banki ochiladi>>

Qirg‘izistonda islom bankingi prinsiplari asosida ishlovchi yangi moliyaviy muassasa tashkil etiladi. Bu haqda mamlakat milliy banki xabar berdi.

Vengriya terma jamoasi sobiq darvozaboni 32 yoshidi vafot etdi>>

Futbol bo‘yicha Vengriya terma jamoasi sobiq darvozaboni Marton Fulop 32 yoshida saraton xastaligi tufayli olamdan o‘tdi. Bu haqda Daily Mail nashrining tvitteri orqali xabar berilgan.

Adidas Yevro-2016 turniri uchun ishlab chiqilgan to‘pni namoyish qildi>>

Adidas kompaniyasi Fransiya mezbonlik qiladigan Yevropa chempionati uchun tayyorlagan to‘pini namoyish qildi. 

Qozog‘iston hukumati Misrga parvozlarni taqiqladi>>

Qozog‘iston hukumati Misrgasayyohlik parvozlarini cheklash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qozog‘iston Sarmoyalar va taraqqiyot vazirligining Fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasi sayyohlik operatorlarini yangi qaror to‘g‘risida ogohlantirdi.

Bayrutdagi terakt: qurbonlar soni 43 nafarga yetdi>>

12 noyabr kuni kechasi Livan poytaxti Bayrut shahrida amalga oshirilgan teraktlar tufayli halok bo‘lganlar soni 43 nafarni tashkil qilmoqda. Livan politsiyasi bergan ma'lumotda aytilishicha, terakt natijasida jarohatlangan 200 nafardan ortiq kishi shahardagi shifoxonalarga olib borilgan.

Obama Liberiyaga nisbatan kiritilgan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qildi>>

AQSh prezidenti Barak Obama Liberiyaga nisbatan kiritilgan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilish haqidagi qarorni imzoladi. Bu haqda AQSh Milliy xavfsizlik kengashining Oq uydagi rasmiy vakili Ned Prays ma'lum qildi.

Deniel Kreyg nega Putinning rolini ijro etmasligini aytdi>>

Taniqli aktyor Deniel Kreyg nega ekranda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning obrazini gavdalantirmasligini aytdi.

AQSh Suriyada "Jihodchi Jon"ni yo‘q qilish maqsadida havo zarbalarini amalga oshirdi>>

AQSh Harbiy havo kuchlari samolyotlari Suriya shimolida IShID tashkiloti jallodlaridan biri, kelib chiqishi kuvaytlik, Britaniya fuqaroligiga ega bo‘lgan jangari "Jihodchi Jon"ni yo‘q qilish maqsadida harbiy amaliyot o‘tkazib, bir qancha nuqtalarga havo zarbalari yo‘lladi.

Amerikalik diplomat: sanksiyalar davlatlarning tashqi siyosatdagi maqsadlariga xizmat qilmoqda>>

Sanktsiyalar davlatlarga tashqi siyosatda qo‘yilayotgan maqsadlarni amalga oshirishda yordam bermoqda. 

OAV: Misrda qulagan A321 samolyoti bortida taymer o‘rnatilgan bo‘lgan>>

Rossiyaning A321 samolyotining Misrda falokatga uchrashini tergov qilayotgan tergovchilar samolyot bortida “ikki soatga o‘rnatilgan taymer” bo‘lgani haqida ma'lum qildilar, deb xabar bermoqda Fox News telekanali.

Polsha prezidenti yangi bosh vazirni tayinladi>>

Polsha prezidenti Anjyey Duda Beata Shidloni mamlakat bosh vaziri etib tayinlab, unga yangi hukumatni shakllantirish vazifasini topshirdi, deya xabar bermoqda TVN24 telekanali.

Jon Kerri: Asadning Suriyadagi kelajagi hozircha noaniqligicha qolmoqda>>

Suriya prezidenti Bashar Asadning kelajagi va o‘rni hozircha noaniqligicha qolmoqda, deb aytdi AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Vashingtondagi Tinchlik institutidagi nutqi davomida.

Suriyadagi urush davomida 300ta arxeologik obekt zarar ko‘rdi>>

2011 yildan buyon Suriya hududidagi 300ga yaqin arxeologik qazilma ishlari obektlari zarar ko‘rdi. Bu ma'lumotlarni mamlakat qadimiyatlari va muzeylari hukumat departamenti direktori Ma'mun Abdulkarim Fransiyaning Le Figaro gazetasiga bergan intervyusida keltirib o‘tdi.

2015 yilda Qozog‘istonda 800 nafarga yaqin amaldor poraxo‘rlikda ayblandi>>

2015 yilning 9 oyi davomida Qozog‘istonda 800 nafarga yaqin davlat amaldori poraxo‘rlikda ayblangan. Bu haqda jurnalistlarga Qozog‘iston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurash va davlat xizmatlari agentligi vakili Alik Shpekbayev ma'lum qilgan.

Jahon bozorida neft narxi 44 dollarga tushdi>>

Jahon bozorlarini neft va metall narxlarining tushishi bilan bog‘liq yangi xavf qamrab olmoqda. Investorlar bu holat Xitoy iqtisodiyotining kelgusida yanada sekinlashiga olib kelishidan xavotir olishmoqda.

MTS kompaniyasi narxi 10 kun ichida 1 mlrd dollarga tushib ketdi>>

MTS kompaniyasining AQShdagi depozitar qog‘ozlari narxi 2014 yil dekabridagi maksimal tushish ko‘rsatkichlarini yangilab, kompaniyada kotirovkalari 13.3 foizga tushib, bitta qog‘oz narxi 6.39 dollarni tashkil qildi.

BMT rivojlanayotgan davlatlarga bir tomonlama iqtisodiy sanksiyalar qo‘llashga qarshi rezolyutsiya qabul qildi>>

BMT Bosh assambleyasining sentabr oyida bo‘lib o‘tgan 70- sessiyasi doirasida siyosiy bosim o‘tkazish vositasi sifatida bir tomonlama iqtisodiy choralardan foydalanish masalalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.

Germaniya terma jamoasi terakt xavfi tufayli Parijdagi mehmonxonadan evakuatsiya qilindi>>

Top