20:04 / 15.11.2015
16891

Hafta dayjesti: Asosiy xabarlar. O‘zbekiston (9-15 noyabr)

Hurmatli o‘quvchilar! Yurtimizda xafta davomida (9-15 noyabr) sodir bo‘lgan xabarlar xronikasini e'tiboringizga takroran havola etamiz.

O‘zbekistonda tabiiy monopoliyalardagi davlat ishtiroki saqlab qolinadi>>

O‘zbekiston tabiiy monopoliyalarning cheklangan miqdordagi aktivlarida davlat ishtirokini saqlab qoladi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Rustam Azimov Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro moliya forumi chog‘ida ma'lum qildi.

2016 yilda O‘zbekistonda davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari faoliyati ochiqligini baholash tizimini ishga tushiriladi>>

2016 yilning 1 yanvaridan O‘zbekistonda davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari faoliyati ochiqligi darajasini monitoring qilish va baholash tizimi ishga tushiriladi.

2020 yilga qadar O‘zbekistonda 16ta bug‘-gaz energiya qurilmalari o‘rnatiladi>>

2020 yilga qadar O‘zbekistonda 16ta yuqori samarador bug‘-gaz energiya qurilmalari o‘rnatiladi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Rustam Azimov Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro moliya forumi chog‘ida ma'lum qildi.

Seysmolog: oxirgi 60 yilda O‘zbekistonda 40qa yaqin yer silkinishlari kuzatildi>>

Oxirgi 60 yil ichida O‘zbekiston hamda unga chegaradosh hududlarda 40qa yaqin kuchli yer silkinishlari kuzatildi. Bu haqda O‘zFA Seysmologiya instituti laboratoriyasi rahbari Turdiali Ortiqov aytib o‘tdi.

Brayan Treysining Toshkentdagi seminaridan 5 asosiy xulosa>>

7 noyabr kuni Toshkentda uzoq nihoyat kutilgan voqea bo‘lib o‘tdi. Amerikalik taniqli biznes murabbiyi, notiq va motivator Brayan Treysi “Turkiston” san'at saroyida bir kunlik seminar o‘tkazdi.

Toshkentda Turkiya va O‘zbekiston avtomobilsozlari muzokara o‘tkazadi>>

Turkiya Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Eksport bosh boshqarmasi boshlig‘i Veysel Parlak rahbarligidagi Uludag‘ Eksportchilar assotsiatsiyasi Avtosanoat eksportchilari uyushmasi a'zolaridan iborat delegatsiya yurtimizga tashrif buyurdi.

3,4 mingdan ziyod samarqandliklar jonivorlar tishlashidan aziyat chekishdi>>

Samarqand viloyatida 2015 yilning 9 oyi davomida 3486 nafar fuqaro jonivorlar tishlaganidan shikoyat qilib tibbiyot muassasalariga yuzlangan. Ularning 2889 nafari 14 yoshgacha bo‘lgan bolalardir.

Andijon viloyatidagi 4ta tumanda IIB boshliqlari o‘zgardi>>

Andijon viloyatining 4ta tumanidagi IIBlarga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston IIVning rasmiy nashri hisoblanmish “Postda” gazetasi xabar bermoqda.

O‘zbekistonga 17 noyabr kuni Pokiston bosh vaziri tashrif buyuradi>>

Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif noyabr oyining ikkinchi yarmida rasmiy davlat tashrifi uyushtiradi. Dispatch News Desk nashri xabariga ko‘ra, bu tashrif 17 noyabr kuni amalga oshirilib, 2 kun davom etadi.

"O‘zbekiston pochtasi" AJga yangi rahbar tayinlanadi>>

2015 yilning 9 noyabr kuni Toshkent shahri, Oloy ko‘chasi, 1-uyda joylashgan "O‘zbekiston pochtasi" aksiyadorlik jamiyati binosida, tashkilotning navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Samarqand viloyatida 13 nafar kishi is gazidan halok bo‘ldi>>

Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, viloyatda 2013-2014 yillar, kuz-qish mavsumida besh holatda tabiiy va is gazidan zaxarlanish kuzatilgan.

“Sport” telekanalida “Sokker klub” ko‘rsatuvining takrori efirdan olib tashlandi>>

31 oktabr kuni “Sport” telekanali orqali “Sokker klub” ko‘rsatuvining navbatdagi soni efirga uzatilishi va u kelishilgan o‘yinlarga bag‘ishlanishi haqida ma'lum qilgandik.

O‘zbek kinosiga nazar: Kun.uz muxbiridan “Ajal jodusi” filmiga taqriz>>

Oxirgi paytlarda matbuotda, internet nashrlarida “xususiy filmlar”ni “davlat filmlari”ga qarshi qo‘yish, birinchisini qayta-qayta tanqid ostiga olish barobarida, “jiddiy” filmlar tomoshabinga ko‘proq foyda keltirishini bir ovozdan takrorlash urf bo‘lib qoldi.

INFOLIB-2015 Milliy axborot-kutubxona haftaligi ochilmoqda>>

9-13 noyabr kunlarida Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada INFOLIB-2015 IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda kutubxona vebsaytida xabar qilingan.

Ozodbek Nazarbekov Lutfiy g‘azallarini ham qo‘shiq qilmoqchi>>

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov mumtoz shoir Mavlono Lutfiyning g‘azallarini qo‘shiq qilib kuylamoqchi.

Prezident Islom Karimov «LUKOYL» neft kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi>>

Prezident Islom Karimov «LUKOYL» neft kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 10 noyabr kuni Oqsaroyda «LUKOYL» neft kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi.

O‘zbekiston TIV Isroilning sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi>>

Toshkent shahridagi Isroil Davlati Elchixonasida Isroilning sobiq Prezidenti Isxoq Navon vafoti munosabati bilan Hamdardlik kitobi ochildi. 

“O‘zneftmahsulot” AK Toshkentda benzin taqchilligi mavjud emasligini yana bir bor ma'lum qildi>>

Toshkent shahrida avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari oldida kuzatilayotgan navbatlar, poytaxtimizda benzin taqchilligi yuzaga kelgani to‘g‘risidagi xabarlar qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘layotgan bir vaqtda “O‘zneftmahsulot” AK Toshkentda benzin taqchilligi mavjud emasligini yana bir bor ma'lum qildi.

Samsung O‘zbekistonda 300 mln dollarlik piroliz zavodi quradi>>

Janubiy Koreyaning Samsung Engineering kompaniyasi Ustyurt gaz-kimyo majmuasi negizida piroliz zavod qurilishida ishtirok etishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi loyiha buyurtmachisi Uz-Kor Gas Chemical qo‘shma korxonasi vakili.

O‘zbekistonning 46ta tuman va shaharlarida “Kamolot” uylari qurib bitkazildi>>

O‘zbekistonda 46ta shahar va tuman hududlarida “Kamolot” uylari barpo etilib, yosh oilalarga topshirildi. Bu haqda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi Bahodir G‘aniyev O‘zA muxbiri bilan suhbatda ma'lum qildi.

Mintaqadagi ilk Politexnika muzeyi Toshkentda ochildi>>

10 noyabr kuni Toshkentda O‘zbekistondagi va mintaqadagi birinchi Politexnika muzeyi ochilishi marosimi o‘tkazildi. Bu haqda uznews.uz nashri xabar bergan.

Toshkentda ijara asosida yashovchi aholini monitoring qilish uchun maxsus guruhlar tuzildi>>

Toshkent shahar hokimligida joriy yilning 9 iyulida qabul qilingan “Toshkent shahridagi turar va noturar joy obektlari hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarning monitoringini tashkil etish to‘g‘risida”gi 613-sonli...

O‘zbekiston yana 2ta Talgo tezyurar poyezdlarini xarid qiladi>>

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi Ochilboy Ramatov hamda Ispaniyaning Patentes Talgo S.L. kompaniyasi direktori Xose Maria de Oriol Fabra O‘zbekistonga 2ta Talgo tezyurar poyezdlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolashdi.

“Angren – Pop” temir yo‘li 2016 yilning mart oyida ochiladi>>

O‘zbekiston 2016 yil martigacha “Angren – Pop” yangi, elektrlashtirilgan temir yo‘lni ishga tushirishga qaror qilgan. Bu haqda sputnik nashri “O‘zbekiston Temir yo‘llari” vakiliga asoslanib, xabar tarqatgan.

O‘zbekiston BMTga ayollar huquqlarining ta'minlanishi borasida hisobot topshirdi>>

Oxirgi 10 yil ichida O‘zbekistonda erkaklarning va ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishi muvofiq ravishda 73 va 75 yoshga yetdi. Bundan tashqari, mamlakatda ayollarning roli oshib borayotgani ularning parlamentdagi faol ishtirokida ko‘rinadi.

Rustam Azimov: 2020 yilga qadar O‘zbekiston eksport hajmini 25 mlrd dollarga olib chiqadi>>

2020 yilga qadar O‘zbekistonning eksport ko‘rsatkichi 1.5 barobarga o‘sib, 25 mlrd dollarga yetadi. Bu haqda O‘zbekiston moliya vaziri Rustam Azimov xalqaro moliya forumi chog‘ida xabar qildi.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tekstil mahsulotlarining 51 foizi MDH davlatlariga chiqariladi>>

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tekstil mahsulotlarining 51 foizi MDH davlatlariga chiqariladi. Bu haqdagi ma'lumot IX xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi chog‘ida aytib o‘tildi.

O‘zbekistonda Rossiyaga chiqib ketishga harakat qilgan qurolli narkodiler to‘xtatib qolindi>>

O‘zbekistonning huquqni muhofaza qiluvchi organlari Rossiyaga ko‘p miqdorda giyohvand moddalar olib chiqib ketishga harakat qilgan shaxs qo‘lga olindi.

“O‘zbekenergo”: IX Xalqaro sanoat yarmarkasida 523,5 milliard so‘mlik shartnomalar imzolandi>>

2015 yilning 26 oktabridan 5 noyabrigacha «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazma markazida o‘tkazilgan IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasi doirasida korxona vakillari va hamkorlar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda bojxonada yuklarni elektron deklaratsiya qilish tizimi joriy qilinadi>>

O‘zbekistonda 1 dekabrdan respublikaning bojxona chegarasidan avtomobil transporti bilan olib o‘tilayotgan mahsulotlar haqida dastlabki elektron axborot berish tizimi kiritilmoqda. 

Sirg‘ali avtomobil bozoridagi narxlar (2015 yil 8 noyabr)>>

8 noyabr kuni «Carzone.Uz» sayti muxbiri Toshkent shahridagi Sirg‘ali avtomobil bozoriga borib, narxlar bilan tanishib chiqdi.

O‘zbekistonlik eshkakchi Olga Umaraliyeva Rio-2016 o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi>>

2015 yilning 4-8 noyabr kunlari Indoneziyaning Palembang shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik yana bir sportchi Olga Umaraliyeva qit'a chempionatining oltin medallariga ega chiqdi.

O‘zbekiston TIVda Germaniya Tashqi ishlar vazirligining mas'ul vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi>>

2015 yil 10 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha mas'ul vakili Andreas Peshke bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahrida kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurash bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tadi>>

2015 yilning 18-19 noyabr kunlari Toshkent shahrida “Mualliflik huquqi sohasida zamonaviy tendensiyalar va kontrafaktga qarshi kurash”mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Bangladesh va O‘zbekiston turizm sohasidagi aloqalar istiqbollarini muhokama qildi>>

10 noyabr kuni “O‘zbekturizm” MKda Bangladeshning Toshkentdagi elchisi Mosud Mannan bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uzbekistan Airways yo‘lovchilarining aksariyat qismi MDH davlatlariga uchgani aytildi>>

“O‘zbekiston havo yo‘llari” kompaniyasi, global iqtisodiyotdagi inqirozli holatga qaramay, 2015 yilning 3 choragi mobaynida foyda ko‘rdi. Bu haqda kompaniya vakillariga tayangan holda Sputnik agentligi xabar bermoqda.

Qo‘rg‘ontepa “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyida yangi yotoqxona foydalanishga topshirildi>>

2014 - 2015 yillarga mo‘ljallangan “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturiga muvofiq, Qo‘rg‘ontepa “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyida 180 o‘rinli yangi bolalar yotoqxonasini qurish rejalashtirilgan edi.

O‘zbekistonliklar oziq-ovqat mahsulotlariga maoshlarining 40 foizini sarflaydilar>>

O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi mutaxassislari mamlakat fuqarolari oziq-ovqat mahsulotlariga o‘rtacha qancha pul ishlatishlarini hisoblab chiqishdi. 

LUKOYL O‘zbekistondagi barcha loyihalarini ko‘rsatilgan muddatda amalga oshiradi>>

Kecha, 10 noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Rossiyaning LUKOYL kompaniyasi rahbari Vagit Alekperov bilan ushbu kompaniya mamlakat hududida amalga oshirayotgan loyihalar realizatsiyasini muhokama qildi. 

Hyundai “O‘zbekneftegaz”ga tegishli qurilish korxonasining 49 foiz aksiyasini xarid qiladi>>

Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering Co kompaniyasi “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi tarkibidagi “O‘zneftgazqurilishinvest” AK aksiyalarining 49 foiz aksiyalarini xarid qilishi mumkin. 

“Pasport stoli”: Nobiometrik pasportlarning amal qilish muddati uzaytirilmaydi>>

Ma'lumki, 2011 yil 5 yanvarda Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingan edi. Unga muvofiq, 2015 yilning oxiriga qadar yurtimizda yangi pasport tizimi joriy etiladigan bo‘ldi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ meva va sabzavot eksporti tizimida yangi korxona tashkil etadi>>

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati «O‘zbektemiryo‘lekspeditsiya» unitar korxonasi tizimida yangi «Poliz Trans» unitar korxonasini tashkil etadi. 

O‘zbekistonda “Diabet oyligi” boshlandi>>

14 noyabr kuni O‘zbekistonda Xalqaro diabetga qarshi kurash kuni nishonlanadi. Ushbu sana birinchi marta 1991 yilda Xalqaro diabet federatsiyasi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tashabbusiga ko‘ra dunyo miqyosida diabet bilan kasallanishlar soni ortishi munosabati bilan o‘tkazilgan.

Deputatlar O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Davlat byudjyetini qabul qilishdi>>

11 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida, Deputatlar O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi – Davlat byudjyeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjyetlari, shuningdek, soliq va byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalarini ko‘rib chiqishdi.

Xayr-saxovat reytingida O‘zbekiston 145 ta davlat o‘rtasida 27-o‘rinni egalladi>>

Buyuk Britaniyaning Charitis Eyd jamg‘armasi 10 noyabrda aholisi faol darajada xayr-saxovat bilan shug‘ullanuvchi, ya'ni o‘zining shaxsiy pullari va vaqtini muhtoj odamlar va bemorlarga sarflaydigan davlatlar reytingini chop etdi.

2015 yilning 10 oyi davomida Toshkentda o‘t o‘chiruvchilar 20 kishining hayotini saqlab qolishdi>>

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi joriy yilning 10 oyiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazdi.

O‘zavtoyo‘l: IX Xalqaro sanoat yarmarkasida 100 mlrd so‘mdan ortiq hajmdagi shartnomalar imzolandi>>

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 martdagi "2015 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini tashkillashtirish hamda o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan joriy yilning 26 oktabridan 5 noyabrga qadar bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda "O‘zavtoyo‘l" AK tizimidagi korxona va tashkilotlar ham ishtirok etishdi.

O‘zbekistonda yiliga 15 turdagi 7 mln tonna sement ishlab chiqarilmoqda>>

O‘zA muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutining “Strom” ilmiy-tadqiqot va sinov markazi rahbari, texnika fanlari doktori, professor Mastura Iskandarova bilan yangi turdagi qurilish materiallari qanday imkoniyatlar yaratayotgani xususida suhbatlashdi. 

Toshkentda kvartiralar narxining sentabr-oktabr oylaridagi o‘zgarish dinamikasi>>

Toshkentda kuz mavsumining o‘rtasiga kelib kvartiralar bozoridagi o‘rtacha taklif narxlarining dinamikasi o‘rtacha narxlarning pasayishini namoyish qilmoqda.

Toshkent viloyatidagi suv omborlarida jamoat plyajlari tashkil qilinadi>>

Keyingi yil bahoriga qadar To‘yabo‘g‘iz va Chorvoq suv omborlarida aholi uchun maxsus jamoat xizmatlari tashkil qilinadi. Bu haqda “Pravda Vostoka” nashri xabar bermoqda.

JCh-2018 saralashi: O‘zbekiston terma jamoasi KXDRni 3:1 hisobida yengdi>>

Bugun, 12 noyabr kuni Toshkentdagi Markaziy "Paxtakor" stadionida O‘zbekiston hamda KXDR milliy terma jamoalari o‘rtasida JCh-2018 saralash uchrashuvi o‘tkazildi.

O‘zbekiston 96 foizga aholining oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyojini ichki ishlab chiqarish hisobiga qondiradi>>

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan “Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash – ustuvor vazifa” mavzusida matbuot anjuman o‘tkazildi.

Milandagi EXPO 2015 ishtirokchilari O‘zbekistonning eksport salohiyati bilan tanishdi>>

Joriy yilning may va oktabr oylari o‘rtasida Italiyaning Milan shahrida EXPO Milano 2015 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etdi.

“Transmashxolding” Toshkent metrosiga yangi poyezdlar taklif qilmoqda>>

Rossiyaning transport mashinasozligi yo‘nalishidagi eng yirik korxonasi bo‘lmish “Transmashxolding” Toshkent metropoliteniga yangi poyezdlar taklif qilmoqda. 

Yaponiya va O‘zbekiston oliygohlari rektorlari o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilmoqda>>

Toshkentda II O‘zbekiston va Yaponiya rektorlari konferensiyasi hamda VI O‘zbekiston-Yaponiya akademik forumi o‘tkazilmoqda. Undan ko‘zlangan maqsad ikki davlat oliygohlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishdir, deb xabar beradi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati.

O‘zbekiston 3 xalqaro yo‘lakni birlashtiradi>>

Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”da XII xalqaro “Transport va logistika – TransUzbekistan 2015” ko‘rgazmasi ish boshladi. Bu haqda “Pravda Vostoka” nashri yozmoqda.

Yaponiyaning Soka universiteti O‘zDJTU bilan hamkorlik o‘rnatadi>>

12 noyabr kuni Yaponiyaning Soka universiteti rektori Yoshihisa Baba O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi. Bu haqda kun.uz sayti mobil muxbiri xabar berdi.

O‘zbekengilsanoat: IX xalqaro sanoat yarmarkasi yakunlariga ko‘ra eksport shartnomalari rejaning 102.5 foizi miqdorida imzolandi>>

IX xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi yakunlariga ko‘ra “O‘zbekengilsanoat” kompaniyasi korxonalari hamda xorijiy hamkorlar bilan eksport shartnomalari rejaning 102.5 foizi miqdorida imzolandi.

Byudjyet asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun talablar o‘zgarmaydi>>

11 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Deputatlar O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi – Davlat byudjyeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjyetlari, shuningdek, soliq va byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalarini ko‘rib chiqildi.

O‘tgan haftda O‘zbekiston hududida 261 marta yong‘in sodir bo‘ldi>>

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston hududida 261ta yong‘in qayd etilgan. Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 4 nafar fuqarolar tan jarohatlari olishgan.

Toshkentdagi jamoat transportlari har kuni deyarli 795 ming kishiga xizmat ko‘rsatmoqda>>

Toshkent aholisiga jamoat transporti xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniya bo‘lmish "Toshshahartransxizmat" tarkibidagi ulovlar orqali kuniga 794,4 ming yo‘lovchi tashilmoqda.

O‘zbekistonda 2016 yilda 1 millionga yaqin ish o‘rni tashkil qilinishi rejalashtirilgan>>

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasida 2016 yil ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta'minlash dasturi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Elektron hukumat to‘g‘risidagi Qonun loyihasi birinchi o‘qishda tasdiqlandi>>

11 noyabr kuni Parlament quyi palatasi a'zolari “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishdi. 

O‘zbekistonda 20 noyabrdan 20 dekabrgacha Yong‘in xavfsizligi oyligi o‘tkaziladi>>

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 noyabrdagi qaroriga muvofiq, joriy yilning 20 noyabridan 20 dekabriga qadar mamlakatda Yong‘in xavfsizligi oyligi o‘tkaziladi. 

O‘zbekistonlik IShID jangarisi xalqaro qidiruvga berildi>>

Jizzax shahrida tug‘ilgan, IShID terrorchi guruhi saflariga qo‘shilib ketgan Hurshid Muxtorov O‘zbekistonning huquq-tartibot organlari tomonidan xalqaro qidiruvga berildi.

Fitch: neft narxlari O‘zbekiston davlat banklariga ta'sir qilmadi>>

Neft narxining o‘zgarishi O‘zbekiston davlat banklariga ta'sir qilmadi, deb aytilmoqda Fitch xalqaro reyting agentligi materiallarida.

Bektemir tumani IIB boshlig‘i o‘zgardi>>

Toshkent shahar Bektemir tumani IIB boshlig‘i o‘zgardi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda. Aytilishicha, ushbu lavozimga mayor Sherzod Ilhomovich Aliyev tayinlandi.

Tojikiston va O‘zbekiston temir yo‘l o‘tkazmalariga chegirmalar belgilash borasida kelishuvga erishdi>>

“Tojik temir yo‘li” DUP hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” OAJ orasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida temir yo‘l orqali yuk tashishda chegirmalar tizimini yaratish borasida kelishuvga erishildi.

Top