22:46 / 15.11.2015
6264

Iroqning Sinjar shahrida ikkita ommaviy qabr topildi

13 noyabr kuni Iroq shimolidagi Sinjar shahri IShID jangarilari qo‘lidan ozod qilingan edi.

Kurdlar qo‘shini tomonidan ozod qilingan bu shaharda ikkita ommaviy qabr topilgan. Bu qabrlarga IShID tomonidan o‘ldirilgan shaharliklar ko‘milgani taxmin qilinmoqda.

Manbaning aytishicha, qabrlardan biriga 500 nafardan ziyod kishning jasadi tashlangan.

Shanba kuni topilgan birinchi qabrdan 80 nafarga yaqin ayolning jasadi qoldiqlari aniqlangandi.

Ma'lumot uchun, Sinjarda asosan yazidlar istiqomat qilar edi. Bu toifa IShID tomonidan dahriylar deb e'lon qilingan.

Top