13:19 / 15.11.2015
3936

Obama G20 sammitida ishtirok etish uchun Turkiyaga yetib keldi

AQSh prezidenti Barak Obama G20 davlatlari yetakchilari sammitida qatnashish uchun Turkiyaga yetib keldi, deya xabar bermoqda Reuters.

Qayd etilishicha, Fransiyada bo‘lib o‘tgan voqealar sababli IShID va terrorizm sammit kun tartibidagi asosiy mavzulardan biri bo‘ladi.

AQSh prezidenti ma'muriyatidagi axborot manbalaridan birining xabariga ko‘ra, Obama Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlari yetakchilarini terrorizmga qarshi kurashda o‘z hardiy ko‘magini oshirishga ishontirishni rejalashtirgan.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an G20 sammitining asosiy mavzusi terrorizmga qarshi kurash bo‘lishi kerakligini ma'lum qilgan edi.

Top