15:40 / 15.11.2015
2931

Parijda dronlar parvozi va mushaklar savdosiga taqiq qo‘yildi

Parij prefekturasi shaharda dronlar parvozini bekor qilish va mushakbozlikdan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi, deya xabar bermoqda BFM telekanali.

Xabarlarga ko‘ra, taqiq 16 noyabrga qadar davom etadi.

Mazkur qaror Parijda 129 kishining vafot etishiga olib kelgan bir qator hujumlar sababli qabul qilindi.
Avvalroq esa Parijda hujumlarni ijro etgan terrorchilarga tegishli ekani taxmin qilinayotgan ikkinchi avtomobil topilgani xabar berilgan edi. Europe 1 radiosi ma'lumotiga ko‘ra, qora rangli Seat Leon hujumlar tashkil etilgan yettita joyning uchtasida ko‘zga tashlangan.

Top