23:05 / 15.11.2015
15781

Parijda yana bir otishma sodir bo‘ldi

15 noyabr oqshomida Parij shahrida yana bir otishma yuz berdi. Bu haqda Fransiya poytaxtidagi manbasiga asoslangan holda RIA Novosti nashri xabar tarqatdi.

Ma'lum qilinishicha, Parijning ikkinchi okrugida, ya'ni shahar markazida otishma ovozlari eshitilgan.

Otishmada qatnashgan tomonlar haqida ma'lumotlar yo‘q.

Aniqlik kiritilishicha, otishma yuz bergan Sen-Marten ko‘chasiga politsiya vakillari yetib borgan. Xabarlarda 1 kishining jarohatlangani aytilmoqda, qurbonlar haqida ma'lumot yo‘q.

Ko‘chadagi kishilar duch kelgan binolarga kirib yashirinishgan. Hudud politsiya tomonidan o‘rab olingan.

Ba'zi xabarlarda terrorchi odamlarni garovga olgani haqida aytilmoqda.

Top