Shvetsiya terma jamoasi Daniya terma jamoasini futbol bo‘yicha 2016 yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritish uchun o‘tkazilayotgan pley-off bahslarining birinchi uchrashuvida 2:1 hisobida yutdi. Uchrashuv Stokgolmdagi “Frends-Arena” stadionida bo‘lib o‘tdi.
Shvetsiyalik futbolchilar Emil Forsberg va Zlatan Ibragimovichning gollariga daniyalik futbolchi Nikolay Yorgensen bitta javob to‘pi qaytardi.
Javob uchrashuvi 17 noyabrda Daniyada bo‘lib o‘tadi.
YeCh-2016. Pley-off bahslari. 1-o‘yin
Shvetsiya — Daniya — 2:1
Gollar: Forsberg, 45 (1:0); Ibragimovich, 50 (2:0, pen); Yorgensen, 80 (2:1).