20:53 / 15.11.2015
4796

Toshkentda "X Respublika Zakovat festivali" o‘tkazildi

Bugun, 15 noyabr kuni Toshkent shahridagi "Tanovar sadosi" restoranida "X Respublika Zakovat festivali" bo‘lib o‘tdi.
Bu yilgi festivalda jami 22ta jamoa qatnashdi. Ulardan 9tasi viloyatlardan tashrif buyurgan jamoalar bo‘lsa, 13tasi Toshkent shahridagi jamoalar hisoblanadi.
Festival qoidalariga ko‘ra, bu yil ham 4ta turda jami 60ta savol berildi. O‘yin qizg‘in bahs, munozaralarga boy tarzda o‘tdi.
Festival yakunidagi natijalarga ko‘ra 3-o‘rinni "Xorazm" jamoasi, ikkinchi o‘rinni "O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti" jamoasi, birinchi o‘rinni esa "Zakovat" o‘yinlarida bir necha yillik tajribaga ega bo‘lgan "Zuhriddin Yovmiddinov" jamoasi qo‘lga kiritdi.
2014 yildan o‘zgartirish kiritilgan festival nizomiga ko‘ra, 9ta viloyat jamoalari orasidan eng yaxshi natija ko‘rsatgan "Farg‘ona-2" jamoasi qo‘shimcha tarzda ekran o‘yinlariga yo‘lanmaga ega bo‘ldi.
Eng e'tiborli tarafi shundaki, "Farg‘ona-2" jamoasi ishtirokchilari bu yilgi festivalda debyutant bo‘lib qatnashgan yoshi katta ishtirokchilardan iborat jamoa edi. Hayotiy tajriba va intellektual o‘yinlariga ixlosmandlik qo‘lgani uchun birinchi urinishdan eng yaxshi natijaga erishildi.
Yuqorida sanab o‘tilgan jamoalar 2016 yilda bo‘lib o‘tadigan "Zakovat" ekran o‘yinlarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Charos Omonova, O‘zDJTU talabasi

Top