11:31 / 15.11.2015
2964

Xitoy sharqidagi yer ko‘chishidan halok bo‘lganlar soni 16 nafarga yetdi

Xitoy sharqidagi Chjetszyan provinsiyasida ro‘y bergan yer o‘pirilishi natijasida qurbon bo‘lganlar soni 16 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda The Himalayan Times. 21 kishi bedarak yo‘qolgan deya hisoblanmoqda.

Tonnalab tuproq va toshlar provinsiyadagi aholi punktlaridan birini vayron qildi, 30ga yaqin uylar uyumlar ostida qoldi.

Hudud hukumatining xabar berishicha, qutqaruv amaliyoti jarayonida 16ta jasad aniqlandi. Bir kishining hayoti saqlab qolindi. Uning ahvoli barqaror hisoblanmoqda.

Top