19:39 / 15.11.2015
2592

Xitoydagi ko‘chki natijasida 21 kishi halok bo‘ldi, 16 kishi esa izsiz yo‘qoldi

Xitoyning Lishuy qishlog‘ida (Chjetszyan viloyati, Sharqiy Xitoy) shanba kuni tunda sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi.

Associated Press agentligining ma'lum qilishicha, 16 nafar kishi izsiz yo‘qolgan.

Ko‘chki ostida 30 ga yaqin uy qolgan, o‘nlab turar-joy binolari suv bilan qoplangan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2,3 ming kishidan iborat Xitoy milliy-qutqaruv qo‘shini voqea joyiga yo‘naltirilgan. 60 maxsus texnika vositasi ishlab turibdi.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.

Top