11:18 / 16.11.2015
2545

"Barselona" Lavessini qishki transferlar vaqtida 5 mln yevro evaziga transfer qilmoqchi

Fransiyaning «PSJ» klubi hujumchisi Esekiel Lavessi qishki transferlar oynasi vaqtida Kataloniyaning «Barselona» klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, kataloniyaliklar 30 yoshli argentinalik futbolchi uchun 5 million yevro berishmoqchi, uning yillik maoshi ham 5 million yevroni tashkil qiladi. Shartnoma 2,5 yilga imzolanishi kutilmoqda.

Lavessining fransuz klubi bilan tuzgan shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi. Parijliklar uni tekinga qo‘yib yuborishmoqchi emas va shu boisdan ham qishki transferlar oynasida futbolchining sotib yuborilishi haqiqatga yaqin bo‘lib turibdi.

Qayd qilinishicha, transferning barcha shartlari bo‘yicha kelishib bo‘lingan, biroq «Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike bu savdoga o‘zining so‘nggi roziligini hozircha bermagan.

Eslatib o‘tamiz, Lavessi shuningdek Italiyaning «Inter» va «Yuventus» klublari ham qiziqish bildirishgan.

Top