20:45 / 16.11.2015
3832

Chexiya bosh vaziri o‘rinbosari Shengen zonasi barbod bo‘lishini bashorat qildi

Yevrokengashdagi muhojirlar inqirozi agarda vaziyat o‘nglanmasa, o‘zining mavjudligini yo‘qotishi mumkin bo‘lgan Shengen hududi chegaralari himoyasining zaifligini namoyish etdi. Bu haqda Chexiya bosh vazirining birinchi o‘rinbosari va moliya vaziri Andrey Babish ma'lum qildi.

“Biz urush (terrorizm bilan) arafasida turibmiz, - dedi u. – Urush vaqtida jadal harakat qilish talab etiladi. Yevrokomissiya va Yevropa kengashi esa bunday harakatlanishga qodir emas. Bu kabi hodisalar (Parijdagi teraktlar)dan so‘ng Shengen hududining tashqi chegaralari (noqonuniy muhojirlar uchun) yopilmasa, jarayon ittifoqning barbod bo‘lishi bilan yakunlanadi”,

Babish fikriga ko‘ra, Yevrokengash chegaralaridan qochqinlar oqimida IShID jangarilari ham kirib kelmoqda. Ularning maqsadi “imkon qadar ko‘proq fuqarolarimizni o‘ldirishdir”, deya ishonch bildirmoqda vazir.

Andrey Babish armiya va politsiyani moliyalashtirish hajmini oshirishga ham chaqirdi.

Top