19:29 / 16.11.2015
5211

Deniyel Redkliff Garri Potter rolini ijro etishni inkor etdi

Britaniyalik aktyor Deniyel Redkliff Metro nashriga bergan intervyusida ortiq Garri Potter obrazida rol o‘ynamasligini ta'kidlab o‘tgan.

“Menga bu rolni yana taklif qilishdi. Ammo men ularga “yo‘q” deb javob berdim. Negaki men tomondan barchasi bajarildi. Bundan tashqari, men uchun ushbu rolda boshqa birovni ko‘rish juda qiziq”, — dedi aktyor.

2016 yilda Roulingning yana bir “Fantastik yirtqichlar va ularning yashash joyi” nomli kitobi asosida film suratga chiqarish rejalashtirilmoqda. Mana shu yilda Londonda sehrgar bolaning ota-onasi syujyetning bosh qahramonlari bo‘lib chiqishgan “Garri Potter va la'natlangan bola” spektakli namoyish etildi.

Top