17:44 / 16.11.2015
2855

FIFA Nepal futbol uyushmasi rahbarini 10 yil muddatga futboldan chetlashtirdi

FIFA axloq qo‘mitasi Nepal futbol assotsiatsiyasi (ANFA) prezidenti Ganesh Tapani futbolga aloqador har qanday faoliyat turidan 10 yil muddatga chetlashtirdi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar tarqatdi.

2014 yilning oktabr oyida Tapa korrupsiyada ayblanib vaqtinchalik tashkilot rahbarligida qoldirilgandi. 2014 yilning noyabrida esa Nepal futbol rahbari FIFA tomonidan to‘rt oyga har qanday futbol faoliyatidan chetlashtirilgandi. O‘shanda mazkur muddat uzaytirilishi mumkinligi haqida band ham kiritilgandi.

Tapa moliyaviy masalalarda pullarni o‘zlashtirish bo‘yicha aybdor deb topilgan. Shuningdek u 20 ming Shveytsariya franki miqdorida jarima ham to‘laydi.

Eslatib o‘tamiz, Laos futbol rahbari Vipxet Sixachakr ham korrupsiya bilan bog‘liq mashmashalarga aralashib qolgani uchun futboldagi faoliyatidan ikki yilga chetlatilgan va 40 ming frank miqdorida jarimaga tortilgandi.

Top