12:27 / 16.11.2015
2656

Finlyandiyalik mast erkak qochqinlar lageri yaqinida o‘qotar quroldan o‘t ochdi

Finlyandiya janubidagi Espoo shahrida yashovchi shaxs "Rinnekoti" nomli qochqinlarni qabul qilish markazi oldida o‘qotar quroldan o‘q uzdi. Bu haqda Yle nashri xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, 14 noyabr kuni 47 yoshli ushbu shaxs markaz yonidagi uyda mast ahvolda paydo bo‘lgan va xursandchilik qilish davomida to‘pponchadan o‘q uzgan.

Voqea joyiga politsiyachilar yetib kelgan va qonunbuzar qo‘lga olingan.

Ma'lum qilinishicha, ushbu shaxs faqat havoga o‘q uzgan va bu voqeadan hech kim jabrlanmagan.

Shunga o‘xshash yana bir holat Laxti shahridagi qochqinlarni qabul qilish markazida ("Xennal") sodir bo‘lgan. Bu vaziyatda hujum qiluvchi binoning derazalarini g‘isht bilan urib sindirgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Top