08:25 / 16.11.2015
2004

"Formula-1": Niko Rosberg Braziliya Gran-Prisida g‘olib bo‘ldi

"Mersedes" jamoasining germaniyalik poygachisi Niko Rosberg Braziliya Gran-Prisi g‘olibiga aylandi.

Marraga ikkinchi bo‘lib uning jamoadoshi, britaniyalik avtopoygachi Lyuis Hemilton kelgan. Germaniyalik yana bir poygachi, "Ferrari" jamoasi a'zosi Sebastyan Fettel uchinchi o‘rinni egallagan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin o‘tkazilgan Meksika Gran-Prisida ham Niko Rosberg g‘alaba qozongandi.

Rosberg endilikda umumiy hisobda, jahon chempionatidagi ikkinchi o‘rinni naqd qildi. U 297 ochko to‘plagan va uchinchi o‘rindagi Fettelni 32 ochkoga ortda qoldirgan. Birinchi o‘rinni AQShdagi Gran-Prida g‘olib bo‘lish orqali Lyuis Hemilton muddatidan oldin egallab bo‘lgandi. Uning hisobida 363 ochko bor.

To‘rtinchi o‘rin uchun esa finlyandiyalik Valtteri Bottas ("Uilyams", 136 ochko) va Kimi Raykonen (135 ochko) o‘rtasida kurash kechadi.

Yilning oxirgi Gran-Prisi 27-29 noyabr kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadi.

Top