16:39 / 16.11.2015
3592

Fransiya bo‘ylab Parij terakt qurbonlari xotirasi uchun 1 daqiqalik sukut saqlandi

Fransiyada 16 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00da (Toshkent vaqti bilan 16:00) umumxalq sukut saqlashi marosimi o‘tkazildi.

Parij terakti qurbonlari xotirasiga shunday tarzda hurmat bajo keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 14 noyabrga o‘tar kechasi Fransiya poytaxti Parij shahrida IShID jangarilari tomonidan davomli teraktlar sodir etildi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu xunrezliklar natijasida 129 kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar soni 352 nafarni tashkil etadi. Jarohatlanib shifoxonaga yotqizilganlarning 99 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Top