15:22 / 16.11.2015
5851

Guardian: IShID targ‘ibotchilari G‘arb o‘smirlarining orzularini poymol qildi

IShIDning o‘smirlarni yollash metodlari yaxshi ishlamoqda, va terrorchilardan birining yoshi 18da ekanligini bu fikrni tasdiqlaydi, deb yozadi The Guardian.

O‘smirlar terrorchilar faoliyatiga borgan sayin ko‘proq jalb qilinmoqda. 10 yil muqaddam Buyuk Britaniyada maktab yoshidagi bolalarning ekstremistik guruhlar faoliyatidagi ishtiroki notabiiy va kam uchraydigan holat bo‘lsa, hozir bu odatiy holga aylandi.

2005 yili Londonda sodir etilgan teraktda 19 yoshli bolaning ishtiroki jamoatchilikka hayratga solgan edi. Bugun esa bu yoshdagi yuzlab shaxslar Suriyaga yo‘l olmoqda.
IShID metodlari “al-Qoida” metodlaridan ko‘ra samaraliroq bo‘lib chiqmoqda. Terrorchilar G‘arb o‘smirlariga qanday ta'sir o‘tkazishni yaxshi bilishadi, shu bois ularning targ‘ibot roliklari bir tomondan,

videoo‘yinni, boshqa tomondan, jangari film treylerini eslatib yuboradi. Terrorchilar yoshlarga qurol berishni, ularni kattakon va hamjihat jamiyatning bir bo‘lagiga aylantirishni va'da qilishadi.
Shuningdek, jihodchilar istagan ayolini o‘ziga nikohlab ola olishi, ko‘plab ayollarga egalik qila olishi yoshlarning diqqatini tortadi.

Top