16:02 / 16.11.2015
2777

Hindistondagi suv toshqinlari tufayli 60 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda davom etayotgan yomg‘irlar tufayli suv toshqinlari yuzaga kelishi natijasida halok bo‘lganlar soni 60 nafarga yetgan. Bu haqda DD News nashri xabar tarqatgan.

Kuchli yomg‘irlar mamlakat janubidagi Tamilnad shtatiga kuchli talofat keltirgan. Bu shtatda 70 million kishi yashaydi.

Mahalliy OAVlarda yozilishicha, bu tabiiy ofat tufayli yo‘llardagi harakatlar to‘xtab qolgan va poyezdlar harakatida muammolar paydo bo‘lgan.

Bu holat kamida 3 kun saqlanib qolishi mumkinligi aytilgan.

Top