23:37 / 16.11.2015
3756

Huawei 2020 yilda superfonlar ishlab chiqarilishini ma'lum qildi

Huawei kompaniyasining marketing bo‘limi boshlig‘i Shao Yangning fikriga ko‘ra, 2020 yilga kelib, smartfonlar o‘z o‘rnini superfonlarga bo‘shatib beradi. Ular foydalanuvchilarning tashqi dunyo bilan bo‘ladigan aloqalarini tubdan o‘zgartirib yuboradi. Superfonlarning rivojlanishida ko‘p ma'lumotlar texnologiyasi, bulutli xizmatlar, raqamli aql va Internetga uzluksiz ulanish turtki bo‘ladi.

Ma'lum qilishlaricha, Xitoyning ushbu kompaniyasi yangi tizimga aloqador ishlarni rivojlantirmoqda. Ayni vaqtda Huawei kompaniyasi jahon smartfon bozorida 9,5 foizlik ulush bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Kompaniyada texnologik tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi 76 ming nafar turli mutaxassislikka ega kishi faoliyat olib boradi. Shu bois Huawei so‘nggi 10 yil ichida ushbu tadqiqotlarga 30 mln dollar miqdorida pul sarfladi.

Top