10:16 / 16.11.2015
6002

Indoneziya prezidenti: dollarga bog‘liqlik jahon iqtisodiyotiga tahdid solmoqda

Ko‘pgina moliyaviy operatsiyalarning dollarga hamda uning kursiga bog‘liq bo‘lib qolayotgani jahon iqtisodiyotiga tahdid solmoqda.

Bu haqda Turkiyaning Belek shahrida (Antalyada) o‘tayotgan G20 sammitida Indoneziya prezidenti Joko Vidodo aytib o‘tdi.

“Dollarga kuchli bog‘liqlik global disproporsiyaga olib keldi, bu esa jahon iqtisodiy rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda”, - uning so‘zlarini keltiradi Antara agentligi.
Vidodoning fikricha, global moliyaviy infrastrukturani “kapital ta'mirdan chiqarish” vaqti keldi.

Top