07:39 / 16.11.2015
9888

IShID Parij va Istanbulda bir vaqtda terakt uyushtirishni rejalashtirgani ma'lum bo‘ldi

13 noyabr kuni Turkiya huquq-tartibot organlari xodimlari Istanbul shahrida ulkan teraktlarni amalga oshirishda gumon qilingan 5 kishini qo‘lga olgan. Bu haqda The Guardian xabar tarqatdi.

Ulardan biri biroz oldinroq o‘ldirilgani aytilgan Jihodchi Jonga yaqin kishilardan biri ekani aniqlangan.

Turkiya razvedkasi ma'lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan jangarilar Parijdagi terakt ijrochilari bilan aloqad bo‘lib turishgan.

Biroz oldinroq, Iroq tomoni Fransiya hukumati 12 noyabr kunida ehtimoliy terakt xavfidan ogoh qilgani ma'lum bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, 14 noyabrga o‘tar kechasi Fransiya poytaxti Parij shahrida IShID jangarilari tomonidan davomli teraktlar sodir etildi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu xunrezliklar natijasida 132 kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar soni 349 nafarni tashkil etadi. Jarohatlanib shifoxonaga yotqizilganlarning 96 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Top