17:57 / 16.11.2015
15132

IShID Vashingtonda terakt sodir etish bilan tahdid qildi

IShID tashkiloti saytida AQSh va boshqa mamlakatlarda teraktlar sodir etish tahdid qilingan murojaat ma'lum qilindi. Bu haqda Reyter xabar tarqatgan.

"Biz o‘zimizga qarshi mamlakatlarga shuni ma'lum qilamizki, Fransiyadagi voqealar takrorlanadi. Biz Fransiyaning yuragiga qanday xanjar sanchgan bo‘lsak, AQShning markazi Vashingtonda ham shu ishni qilamiz", deyiladi murojaatda.

Eslatib o‘tamiz, 14 noyabrga o‘tar kechasi Fransiya poytaxti Parij shahrida IShID jangarilari tomonidan davomli teraktlar sodir etildi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu xunrezliklar natijasida 129 kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar soni 352 nafarni tashkil etadi. Jarohatlanib shifoxonaga yotqizilganlarning 99 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Top