07:27 / 16.11.2015
4476

Jyeb Bush AQShni IShIDga urush e'lon qilishga chaqirdi

AQSh prezidentligiga respublikachilar tomonidan nomzod bo‘lgan Jyeb Bush AQShning IShIDga qarshi "urush e'lon qilishi"ni so‘radi. Bu haqda "Politiko" nashri xabar tarqatgan.

"Biz urush e'lon qilishimiz, barcha kuchlarni birlashtirishimiz va IShIDni yo‘q qilishimiz darkor", degan u.

Bushning fikricha, AQSh IShIDni butunlay mag‘lub etish salohiyatiga ega, lekin o‘zinig barcha imkoniyatlaridan foydalanmadi.

Eslatib o‘tamiz, 14 noyabrga o‘tar kechasi Fransiya poytaxti Parij shahrida IShID jangarilari tomonidan davomli teraktlar sodir etildi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu xunrezliklar natijasida 132 kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar soni 349 nafarni tashkil etadi. Jarohatlanib shifoxonaga yotqizilganlarning 96 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Top