14:21 / 16.11.2015
3219

Klichko Kiyev merligi uchun saylovda g‘alaba qozondi

Kiyevning amaldagi hokimi (mer) Vitaliy Klichko shahar merligi uchun o‘tkazilgan saylovning ikkinchi turi yakunlariga ko‘ra g‘olib bo‘ldi. Bu haqda 112Ukraina nashri xabar tarqatdi.

Ma'lum qilinishicha, 100 foiz ovozlar hisoblab chiqilganidan so‘ng, Klichko 66,5 foiz ovoz olgani ma'lum bo‘lgan.

Uning raqibi Borislav Berezovga esa 33,5 foiz saylovchi ishonch bildirgani ma'lum bo‘lgan.

Biroz oldinroq, Klichko saylovda g‘alaba qozonsa, Borislav Berezevga merlikdan mansab bermoqchiligi xabar qilingandi.

Top