20:00 / 16.11.2015
8098

KUN.UZ dayjesti: 16 noyabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 16 noyabr kuni ro‘y bergan eng dunyo yangiliklarini takroran havola etamiz.

Afg‘onistonda terrorchi-hudkush o‘zini portlatib yubordi

Afg‘onistonda terrorchi-hudkush o‘zini portlatib yubordi. Natijada bir kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters.

Jyeb Bush AQShni IShIDga urush e'lon qilishga chaqirdi

AQSh prezidentligiga respublikachilar tomonidan nomzod bo‘lgan Jyeb Bush AQShning IShIDga qarshi "urush e'lon qilishi"ni so‘radi. Bu haqda "Politiko" nashri xabar tarqatgan.

IShID Parij va Istanbulda bir vaqtda terakt uyushtirishni rejalashtirgani ma'lum bo‘ldi

13 noyabr kuni Turkiya huquq-tartibot organlari xodimlari Istanbul shahrida ulkan teraktlarni amalga oshirishda gumon qilingan 5 kishini qo‘lga olgan. Bu haqda The Guardian xabar tarqatdi.

AQSh Guantanamodagi besh nafar mahbusni BAAga jo‘natdi

AQSh Guantanamo qamoqxonasida saqlanayotgan 5 nafar mahbusni Birlashgan Arab Amirliklari hududiga jo‘natdi. Bu haqda Pentagonga asoslangan holda Reyter nashri xabar tarqatgan.

Britaniya Parijdagi teraktlardan so‘ng maxsus xizmatlar xodimlari sonini oshirishga qaror qildi

Britaniya hukumati terrorizmga qarshi kurash uchun maxsus xizmatlarni moliyalash hajmini kengaytirib, ulardagi shtatlar sonini 15 foizga oshiradi. Bu haqda britan bosh vaziri Devid Kemeron devonxonasi e'lon qilgan press-relizda so‘z boradi.

Misr piramidasi Rossiya, Fransiya va Livan bayrog‘i tusini oldi

Misrdagi piramida teraktlar va aviahalokatda nobud bo‘lgan odamlar xotirasiga ifoda tariqasida Rossiya, Fransiya va Livan bayroqlari tusiga kirdi, deb ma'lum qilmoqda. Ahram Online.

Jahon banki: 2030 yilda qashshoqlar soni sezilarli darajada ortadi

Agarda aholining kambag‘al qatlamini ob-havo kataklizm(falokat)lari va suv sathining ko‘tarilishidan himoya qilish uchun zarur choralar ko‘rilmasa, iqlim o‘zgarishlari 2030ga borib 100 million nafardan ziyod kishini qashshoqlik darajasiga keltirib qo‘yadi, deya ma'lum qildi Jahon banki.

Qirg‘izistonda 19 yoshli IShID odam yollovchisi qo‘lga olindi

Qirg‘iziston IIV xodimlari Suriya va Iroqdagi qurolli mojarolarda bir qator terroristik guruhlar tarkibida jang olib boradigan odamlarni yollash bilan shug‘ullangan 19 yoshli respublika fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda 16 noyabr kuni mahkama matbuot xizmati xabar qildi.

Suriyada ayollar kiyimida qochishga uringan o‘nlab jangarilar qo‘lga tushdi

Suriyada ittifoqchilar tomonidan qamal qilib turilgan Halab shahridan chiqib, ayollar kiyimini kiygan holda qochib ketishga uringan IShIDning o‘nlab jangarilari qo‘lga tushdi. Bu haqda Eronning Fars axborot agentligi xabar tarqatgan.

Qonga botgan “Bataklan” teatridan birinchi kadrlar chop etildi

Yakshanba kuni jahon matbuotida Parijdagi “Bataklan” teatrida sodir bo‘lgan ommaviy qirg‘inning dastlabki suratlari paydo bo‘ldi.

Tojikistonda 300 metr chuqurlikka qulab tushgan avtobus ichida 2 yoshli qizcha tirik qoldi

Tojikistonning tog‘li darasida 300 metr pastlikdagi jarga qulab tushgan mikroavtobus ichida bo‘lgan 2 yoshli qizcha tirik qoldi. Bu haqda Tojikiston telegraf agentligi xabar tarqatgan.

Klichko Kiyev merligi uchun saylovda g‘alaba qozondi

Kiyevning amaldagi hokimi (mer) Vitaliy Klichko shahar merligi uchun o‘tkazilgan saylovning ikkinchi turi yakunlariga ko‘ra g‘olib bo‘ldi. Bu haqda 112Ukraina nashri xabar tarqatdi.

Facebook Parij va Bayrutdagi teraktlarga ikki xil munosabatda bo‘lgani bois tanqid ostiga olindi

Parijda sodir etilgan qo‘poruvchilik harakatlaridan so‘ng internetda eng qizg‘in muhokama qilinayotgan masalalardan biri Facebook ijtimoiy tarmog‘i bo‘ldi. Gap shundaki, tarmoq fransiyalik foydalanuchilarga “xavfsizlik tekshiruvi” xizmatini taqdim etdi, shuningdek, foydalanuvchilarga o‘z avatarlariga Fransiya bayrog‘ini o‘rnatishni talab qildi.

Top