19:13 / 16.11.2015
4832

KUN.UZ dayjesti: 16 noyabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 16 noyabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Toshkentda Bahodir Yo‘ldoshev haqidagi kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda taniqli dramaturg va rejissyor Bahodir Yo‘ldoshevning ijod yo‘liga bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda jurnalistlar, aktyorlar, rejissyorlar, tanqidchilar, shoir va yozuvchilar ishtirok etdi.

Qoros kompaniyasi to‘rt eshikli kabrioletini namoyish qildi

Xitoyning Chery firmasi va Isroilning Israel Corporation konsorsiumi tomonidan tashkil etilgan Qoros kompaniyasi to‘rt eshikli Qoros 6 kabrioletini taqdim etdi

Google aksiyalari narxi rekord darajada o‘sdi

Google Inc. kompaniyasining aksiyalari juma kungi savdolarda 16,3 foizga o‘sib, rekord darajadagi 699,62 dollarlik qiymatni tashkil qildi. Kompaniya kapitalizatsiyasi bir urinishda 66,9 mlrd dollarga o‘sdi, deya xabar bermoqda MarketWatch.

Motorola smartfonlari Android 6.0 bilan ta'minlanishi boshlandi

Motorola Moto X Style va Moto X 2014 qurilmalari Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimini o‘rnatish imkoniyatga ega bo‘lmoqda.

Dunyodagi eng yaxshi “hamma narsa ichida” tizimidagi mehmonxonalar nomi aytildi

“Hamma narsa ichida” tizimi bo‘yicha ishlovchi dunyodagi eng yaxshi mehmonxona deb Maldiv orollaridagi besh yulduzli Kurumba Maldives tan olindi.

Aka-uka Meladzelar birinchi marta rafiqalari bilan jamoatchilik oldiga chiqishdi

Kremlda o‘tkazilgan aka-uka Konstantin va Valeriy Meladzelarning yubiley konsertida san'atkorlar o‘z turmush o‘rtoqlari – Vera Brejneva va Albina Janabayevalar bilan jamoatchilik oldiga chiqishdi.

 

Top